Eron soğliqni saqlaş vaziri Kianuş Jahonpurning ta'kidlaşiça, oxirgi bir kun içida koronavirusdan 59 kişi vafot etgan va koronavirus qurbonlari soni umumiy hisobda 8071 nafarga yetgan.
Şuningdek, kasallanganlar soni 164270 nafarga yetgan, 127485 kişi soğayib ketgan.
2 iyunda Eronda 2 oydan köproq vaqt içida birinçi marta koronavirusga çaliniş soni bir kun içida 3 mingdan köproqni taşkil qilgan. Avvalgi marta bunday körsatkiç 30 mart kuni qayd qilingan va 3186 tani taşkil qilgan edi.
Aprel oxirida Eronda virus tarqalişi kamayayotgani ma'lum qilingandi. Öşanda bir oydan köproq vaqt içida birinçi marta virusga çalinganlar soni ming nafardan kamroqni taşkil qilgan.













