28 may kuni Toşkent şahar Mirzo Uluğbek tumani elektr ta'minoti korxonasida elektr energiyasi uçun tölov maqsadida iste'molçilar töplandi. Xabarga «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ rasmiy munosabat bildirdi. Unda aytilişiça, mamlakatda karantin çoralari yumşatilgani bois foydalanilgan elektr energiyasidan vujudga kelgan qarzdorliklarning ortişiga yöl qöymaslik maqsadida qarzdor iste'molçilar tarmoqdan ajratilmoqda.
Boş prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi bölim boşliğining Farrux Toşpölatovning Kun.uz'ga ma'lum qilişiça, uşbu holatda iste'molçilar qarzdorlik tufayli avtomatik tarzda tizimdan ajratilgan va bu jarayonda MIB xodimlari iştirok etmagan. Bu «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ tomonidan nazorat qilinadi.

«Mazkur holatga yaqindan yondaşib, aholiga masala yuzasidan tegişli tuşuntiriş berildi. Bu holatda MIB aloqasi yöqligi bildirildi. Karantin davrida daromadini yöqotgan, kam ta'minlangan va moddiy tarafdan qiynalgan aholiga amaliy yordam beriş işlariga jiddiy e'tibor qaratdik. Uyda ötirgandan keyin, energoresurslardan foydalaniş ham ortadi. Köpçilik savol beryapti: bu qarzdorlik voz keçilganmi, keyin tarmoqdan uzib qöymaysizmi, deyişadi.
Karantinga qadar bölgan davrdan bir tadbirni boşlaganmiz. Ya'ni har bir hududda yaşovçi kam ta'minlangan oilalar röyxatini şakllantiryapmiz. Bunda mahalla organlari xodimlari bilan hamkorlikda işlar bajarilyapti. Ana ularga saxovatpeşa insonlar xayriya mablağlari orqali qarzdorlikni söndirişga kömak qilinmoqda», – deydi u.
Toşpölatovning aytişiça, MIB organlari kişilarni saxovat işlarini bajarişga bevosita ta'sir ötkazmaydi.
MIB bölim boşliği Rustam Rahimov ma'lumotiga köra, karantin davrida moddiy yordamga muhtoj 4 mingga yaqin fuqaroning 1 milliard sömga yaqin qarzdorligi homiylar tomonidan qoplandi.

«Şuni ta'kidlaş kerakki, 1 may kuni holatiga köra, aholining elektr energiyadan foydalanganlik uçun yuzaga kelgan qarzdorligi 2,1 trillion sömga yetdi. Albatta, MIB oldiga qöyilgan asosiy vazifalardan biri tölovlarni undiriş va qarzdorlikni qisqartirişdan iborat. MIB xodimlari elektr energiyasini hisobga oliş yoki nazoratni qilişni avtomatlaştirilgan tizimi, xalq orasida «ASKUE» deyiladi, joriy etilmagan hududlarda faoliyatini olib boradi. Tizim joriy etilgan hududlarda iste'molçi qarzdorlik uçun tarmoqdan avtomatik tarzda ajratiladi. Bu dastur «Hududiy elektr tarmoqlari» korxonalarida joylaşgan. Dasturga inson omili aralaşmaydi», – deya ma'lumot berdi u.












