«Davlat rahbari korteji dastlab Qöştepa tumanidagi «Tursunov Yusufjon yeri» fermer xöjaligi yonida töxtadi. Bu yerda 50 gektar ğalla, 30 gektar paxta yetiştirilmoqda. Prezidentimiz ğalla rivojini közdan keçirdi. Gektaridan 82 sentner hosil oliş kutilmoqda», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Şu yerda qişloq xöjaligi sohasi mutasaddilari va qöştepalik fermerlar bilan muloqot böldi.

«Har bir hududning yeri, resurslari, imkoniyatlari öziga xos. Bugun Farğonaga kelişimizdan maqsad - bu imkoniyatlarni töliq safarbar qilib, odamlarga iş örni, daromad manbayi uçun şaroit yaratiş, har bir tuman böyiça aniq reja şakllantiriş. Qanday mehnat qilsak, şunday hayot böladi», - dedi Şavkat Mirziyoyev.

Xöjalik dalasi yonida «Grapes and Gardens Investment» kompaniyasi tomonidan intensiv boğ ham yaratilgan. 100 gektarda örik, 52 gektarda gilos ekilgan. Tomçilatib suğoriş, sun'iy soya qiliş uskunalari örnatilgan.

Ispaniya va Fransiyadan keltirilgan örik navining hosildorligi juda yuqori. Bu eksportda muhim omil böladi. Bugungi kunda boğ uçastkalari kooperatsiya asosida tajribali tadbirkorlarga berilmoqda.

Davlat rahbari daraxt qatorlari orasiga sarimsoqpiyoz va dukkakli ekinlar ekiş, bunday boğlarni köpaytiriş böyiça körsatmalar berdi.

Şu yerda qişloq xöjaligi va agrosanoat loyihalari taqdimoti ötkazildi.