Dunyoning katta qismi uydan o‘tirgan, do‘konlar ishlamagan, odamlar ihotalangan bir vaqtda Stokholm va mamlakatning boshqa shaharlarida hayot xuddi avvalgidek davom etaverdi. U yerda savdo markazlari, qahvaxona, maktab va boshqa jamoat joylari o‘z faoliyatini to‘xtatmadi. Niqob taqish yoki boshqa himoya vositalari haqida hech qanday buyruq chiqarilmadi. Bari o‘z holiga tashlab qo‘yildi, qanday yo‘l tutishni fuqarolarning o‘zlari hal qilishdi. Bu esa jiddiy xavf keltirib chiqarardi.

Avvaliga kasallanganlar va koronavirusdan vafot etganlar ko‘rsatkichi keskin o‘smadi. Pandemiyani ihotalanishsiz ham yengish mumkindek tuyuldi. Biroq ikki hafta o‘tgach, ya'ni koronavirusning inkubatsion davri tugagach, kasallanganlar soni keskin orta boshladi. Biroq hatto bu holatda ham hukumat vakillari tomonidan hech qanday karantin choralari joriy etilmadi. Kimdir uydan ishlashni boshladi, vaziyatni to‘g‘ri anglaganlar zaruratsiz ko‘chaga chiqmay qo‘yishdi, biroq hayot ko‘p jihatdan avvalgidek davom etaverdi.

Koronavirus Shvetsiyada

Hozirda ahvol qanday? Shvetsiyada har million kishiga 219 nafar bemor to‘g‘ri kelyapti. Ispaniyada epidemiyada avj olgan vaqtda bir million kishiga 185 nafar bemor to‘g‘ri kelardi. Hozirda amalga oshirilgan karantin choralari tufayli Ispaniyada virusni jilovlashga muvaffaq bo‘lindi, odamlar normal hayotga qayta boshlashgan.

Eng og‘ir vaziyat kuzatilgan, ikki millionga yaqin kishi koronavirus bilan kasallangan AQShda pandemiya avj olgan vaqtda bemorlar soni har million kishiga 118 nafarni tashkil qildi. AQShda har million kishidan 56 ming nafarida test o‘tkazildi. Shvetsiyada esa bu ko‘rsatkich bor-yo‘g‘i 27 mingtani tashkil qildi. Tabiiyki, testlar qancha kam o‘tkazilsa, koronovirusga chalinganlar ham shuncha kam aniqlanadi.

Yevropaning turli mamlakatlarida koronavirusdan o‘lim ko‘rsatkichi dinamikasi. Bu yerda Daniya va Finlyandiya qo‘shnilari uchun o‘rnak. Shveytsariya esa aholi soni bo‘yicha Shvetsiyaga o‘xshash mamlakat

Hozirda Yevropaning ko‘plab mamlakatlarida karantinni boshdan kechirib, kasallanganlar soni sur'ati pasaygani sababli do‘konlar va qahvaxonalar ochilayotgan, odamlar esa ishga chiqishayotgan bir vaqtda Shvetsiyada barchasi endi boshlanmoqda. Ushbu mamlakatga yaqin joylashgan Finlyandiya, Norvegiya va Daniyada koronavirusdan o‘lim ko‘rsatkichi 7, hatto 10 marta kamroq. Chunki u yerda karantin choralari o‘z vaqtida kiritilgandi. Yana bir jihati, Shvetsiya koronavirusdan sog‘ayganlar soni haqidagi ma'lumotlarni taqdim etmayapti.