Bugun yangi holatlar 8ta hududda qayd etildi - Samarqand, Navoiy, Namangan, Sirdaryo, Qaşqadaryo, Buxoro, Toşkent viloyati va Toşkent şahrida yangi kasallar aniqlandi. SSV matbuot xizmati rahbari Furqat Sanayev telegramdagi kanalida bemorlar qayd etilişi va soğayişi böyiça körsatkiçlar jadvalini keltirdi.

Bugungi 68ta holatdan 42tasi karantin muassasalaridagi fuqarolar orasida, 17tasi aholi orasida aniqlangan, xalqaro yuk taşuvçi avtomaşina haydovçilari bölgan 9 kişiga ham virusdan zararlaniş taşxisi qöyilgan. 

Aholi orasida (+17)
Toşkent şahrida aholi orasida 9ta yangi holat qayd etildi. Vazirlik ma'lumotiga köra, 4 iyun kuni poytaxtda aholi orasida qayd etilgan holatlar 3ta tuman - Mirobod , Yunusobod va Şayxontohur tumanlarida qayd etilgan. Jumladan, quriliş firmasining xodimida va «Mediapark» savdo majmuasi qöriqçisida virus aniqlangan.

Bugun Qaşqadaryo viloyati yana koronavirusli hududga aylandi, viloyatda aholi orasida 4ta holat qayd etildi. Toşkent şahridagi «Örikzor» bozorida yuk taşuvçi bölib işlagan xodim va u bilan yaqin muloqotda bölgan 3 nafar oila a'zosiga virusdan zararlaniş taşxisi qöyilgan.

Toşkent viloyatida esa aholi orasida 2 holat qayd etilgan. Şuningdek, Namangan va Buxoro viloyatlarida aholi orasida 1tadan holat qayd etilgan.

Haydovçilar (+9)
Toşkent viloyatida 5, Sirdaryo viloyatida 4 nafar xalqaro yuk taşuvçi avtomobil haydovçilarida virus çiqqan.

Karantin (+42)
Toşkent viloyatida karantin markazida 14 kişi virusga çalingani aniqlangan, şuningdek, bemorlar bilan aloqada bölgan 1 kişida virus yuqtirib olgani ma'lum bölgan. 

Toşkent şahrida koronavirusga çalinganlar bilan muloqotda bölgani uçun karantinga olingan 4 kişida va xorijdan kelgan 3 kişida virus aniqlangan.

Samarqand viloyatida 11, Navoiy viloyatida 5, Buxoroda esa 4 nafar karantinga olingan fuqarolarda koronavirusdan zararlaniş holatlari qayd etilgan.