Texnik reglament rasmiy e'lon qilingan kundan boşlab 18 oy ötgaç amalga kiritiladi. U amalga kiritilgunga qadar alkogolsiz içimliklarni standartlaştiriş böyiça normativ hujjatlarni majburiy tartibda emas, ixtiyoriy qöllaniladi.
Norma’ning yozişiça, texnik reglament alkogolsiz içimliklarga, xomaşyo va tarkibiy qismlarga, alkogolsiz mahsulotlarni işlab çiqariş, saqlaş, taşiş, sotiş va utilizatsiya qiliş jarayonlariga tatbiq etiladi. U bolalar ozuqasi uçun möljallangan, mamlakat taşqarisiga eksport qiliş uçun işlab çiqarilgan mahsulotlarga nisbatan tatbiq etilmaydi. Alkogolsiz mahsulotlar röyxati Texnik reglamentga ilovada keltirilgan va 20 turdan iborat.
Içimlikning iste'mol qadoğida qöşimça tarzda uşbu mahsulotga tegişli ma'lumot tariqasida quyidagi yozuvlar joylaştiriladi: sifat sertifikatlari mavjudligi, tarkibida ta'm beruvçilar, aspartam (fenilalanin), energetik quvvat beruvçilar va boşqalar mavjudligi. Xaridorni çalğitişga olib keladigan işonçsiz ma'lumotlar körsatilişi taqiqlanadi.
Içimliklar tarkibidagi zaharli elementlar va mikotoksinlar, radionuklidlarning ruxsat etilgan darajasi, mikrobiologik va parazitologik körsatkiçlar Texnik reglamentga tegişli ilovalarda keltirilgan.
Tasdiqlangan Texnik reglament «Özstandart» agentligi, Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiya si, «Özbekoziqovqatxolding» XK tomonidan sertifikatlaştiriş organlari va sinov laboratoriyalariga yetkaziladi, mavjud NHHlar xatlovdan ötkaziladi va Reglament talablariga muvofiqligi baholanadi, talablarga rioya etilişi ustidan nazorat amalga oşiriladi.
Texnik reglament 2.12.2021 yildan kuçga kiradi.
Içimliklarga yangi talablar belgilandi
15:21 / 06.06.202014 5842 min
Vazirlar Mahkamasining 1.06.2020 yildagi 345-son qarori bilan Alkogolsiz içimliklarning xavfsizligi töğrisidagi umumiy texnik reglament va uni joriy etiş sxemasi tasdiqlandi.











