Kapital bozorini rivojlantiriş agentligi direktori Otabek Nazirov «Amerika ovozi»ga intervyusida kapital bozorini rivojlanişi oldidagi tösiqlar, kompaniyalarning IPO taşkil qilişi (fond birjasiga qöşilişi) qançalik osonligi va boşqa masalalar yuzasidan turli savollarga javob berdi.
– Rivojlangan mamlakatlardagi kabi kapital bozorini yaratiş uçun Özbekistonga yana qança vaqt kerak?
– Menimça, kamida 5 yil vaqt kerak.
– Beş yilni köpçilik optimistik qaraş deb hisoblaşi mumkin.
– Agar biz fundamentini mahkam, qoidalarini töğri qilib, qura olsak, tezroq ham ösiş mumkin. Agar boşidan fundament, qoidalarni töğri qilolmasak, yagona siyosat orqali hamma komponentlarni rivojlantira olmasak, ana şunda qiynalamiz. Ana şunda 10 yilda ham, 20 yilda ham bölolmaydi.
– Çunki şu paytgaça 30 yilda bölmadi.
– Afsuski, 30 yilda bölmadi. Töğri aytasiz.
– Maqsadlardan biri nafaqat mahalliy iştirokçilar, balki xalqaro investorlar uçun bozor yaratiş. Çunki köplab kompaniyalarga xorijdan investorlar kirişi muhim. Aytganingizdek, nafaqat bank krediti orqali, balki aksiyalar, boşqa moliyaviy mahsulotlarni sotiş orqali Özbekiston bozori, iqtisodiyoti uçun investor yiğiş. Bunda muhim masalalardan biri – işonç. Ya'ni Özbekistonda nafaqat bozorning, balki iqtisodiyotda töğri, adolatli qoidalar asosida işlaşiga işonç. Masalan, mol-mulk daxlsizligi va himoyasi. Bu agentlik faoliyatiga qançalik boğliq bilmadim. Mana şu masalalarda nimalar qiliş kerak? Ya'ni işonçni oşiriş uçun qonunçilikni yaratişning özi kifoya qiladimi? Nimalar qiliş kerak deb öylaysiz?
– Hozirgi olib borilayotgan siyosat töğri yölda ketyapti. Muhtaram prezidentimiz ham har doim yiğilişlarda asosiy kuçlarini qaratyaptilar. Bu adolat. Davlatimizda, davlat idoralarida adolat degan narsa kerak. Agar adolat bölmasa, bu - korrupsiyaning eng asosiy yöllari. Buning uçun bizga mustaqil sudyalar kerak. Biznes mojarolar bölgan paytda sudyalar adolatli qarorlarni çiqarişi uçun. Bu menimça bizning eng asosiy muammomiz. Unga köproq ahamiyat berib, ustida işlaşimiz kerak.
– Xoh mahalliy, xoh xalqaro investorlar şunday qonunbuzarlik holatlariga uçraganida agentlik, beş yil içida ehtimol paydo böladigan nazorat qiladigan yangi idoraning bu muammolarni hal qilişda yoki investorlarni himoya qilişda roli böladimi?












