Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Farğona viloyatiga amaliy taşrifi davom etmoqda.

Farğona şahrida viloyat va tumanlar hokimlari, soha va tarmoqlar rahbarlari, jamoatçilik vakillari iştirokida yiğiliş bölib ötmoqda.

Davlat rahbari xalq bilan oçiqça gaplaşib, muammolarni birgalikda hal etiş, odamlarning oğirini yengil qiliş maqsadida kelganini ta'kidladi.

«Men qisqa, sizlar köproq gapirsalaringiz töğri böladi. Maqtov kerak emas. Prezidentga eng katta maqtov bölib bölgan - bu xalq işonçi. Hali endi birinçi qadamlarni qöyyapmiz. Kelib, qarsak eşitib ketiş mengayam oson. Lekin bundan natija bölmaydi. Tumanlarga özim borişimning sababi - odamlarning yaşaş şaroitlarini yuragimdan ötkazib, aniq çoralar köriş, islohotlar uzoq-uzoq joylarda ham natija beryaptimi, quyi tizimdagi rahbarlar sadoqat bilan, jon kuydirib işlayaptimi, degan savollarga javob topiş. Har kuni bunday uçraşuv bölmaydi. Aççiq-aççiq masalalarni qat'iy qöyinglar», - dedi prezident.

Davlat rahbari ötgan hafta Söx tumanida bölgan voqealarga ham töxtalib, munosabat bildirdi.

«Keyingi yillarda qöşni davlatlar bilan çegaradoş joylardagi köp muammolarni hal qilişga erişdik. Söxdagi voqealar qirğiz xalqi bilan döstligimizga, bordi-keldimizga, rejalarimizga ta'sir qilmasligi kerak. Vazmin, sabr-toqatli, mehr-oqibatli bölişimiz zarur. Qöşniçilik - ming yilçilik. Xalqlarimiz yelkadoş bölib, bir-birini hurmat qilib yaşaşi kerak», - dedi Şavkat Mirziyoyev.

Boş vazir rahbarligida Hukumat komissiyasi tomonidan muammolar örganilib, keng qamrovli takliflar tayyorlangan. 2020-2022 yillarda Söx tumanini kompleks rivojlantirişga 500 milliard söm mablağ yönaltiriş belgilangan. 11 ming yangi iş joyi taşkil etiş rejalaştirilgan.

98ta loyiha amalga oşirilib, sanoat, qişloq xöjaligi va xizmat körsatiş sohalari rivojlantiriladi.

Jismoniy şaxslar yer va mol-mulk soliğidan ozod etilib, yakka tartibdagi tadbirkorlar uçun daromad soliği stavkasi 2 barobar kamaytiriladi. 1 ming gektar ekin yerlarida suv ta'minoti yaxşilanadi.