Yevropa ittifoqi uçinçi davlatlar fuqarolarining ittifoq hududiga kirişlariga qöyilgan çeklovni 1 iyulgaça uzaytirişga qaror qildi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda. 

Içki işlar böyiça yevrokomissar Ilva Yoxanssonning ma'lum qilişiça, çeklovlarni uzaytirişni aksariyat mamlakatlar hukumatlari qöllab-quvvatlagan.

«Bugun deyarli barça a'zo mamlakatlar uşbu davrning uzaytirilişini ma'qullaşini bildirdi. Demak, içki çegaralardagi nazorat iyun oxirida bekor qilinadi», — dedi Yoxansson.

Agentlikning eslatişiça, çeklovlar mart örtalarida kiritilgan va ikki marta uzaytirilgan bölib, 15 iyunda nihoyasiga yetadi. Yevropa komissiyasi YeIning taşqi çegaralari faqat içki çegaralar oçilganidan keyingina oçilişini talab qilmoqda.