Uşbu tartiblarni va ular aks etgan qonun hujjatlarini har bir davlat xizmatçisi yaxşi bilişi va faoliyati davomida ularga amal qilişi öta muhim hisoblanadi.

Afsuski, muayyan sohada islohotlarning tamal toşi hisoblangan aktlar mazmunini bilmaslik joylardagi rahbarlarning jiddiy kamçiligi deyişimiz mumkin.

Yaqinda sektorlar vakillari bilan ötkazilgan seminarda ularning qariyb aksariyati bevosita öz faoliyatiga taalluqli prezident hujjatlarini bilmasligi ma'lum böldi. Bu – çuqur mulohaza qilinadigan masala, sababi uşbu holat ayni paytda muhim qarorlarning ijro etilmayotganini anglatadi. Qolaversa, qoğozbozlik, közböyamaçilik singari illatlarning mahalliy davlat boşqaruvida tobora ildiz otib borişiga sabab böladi.

Qonunga nima uçun ehtiyoj bor edi?

Jismoniy va yuridik şaxslar bilan har kuni muloqot qiladigan davlat xizmatçilari va mansabdorlar yaxşi bilib olişi zarur bölgan muhim qonunlardan biri «Ma'muriy tartib-taomillar töğrisida»gi qonun hisoblanadi.

Uşbu muhim hujjat keyingi yillarda ustuvor ravişda amalga oşirilayotgan «xalq bilan muloqot», «xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqqa xizmat qilişi kerak» degan tamoyillar asosida işlab çiqilgan.

Mazkur qonun ijro hokimiyati organlari faoliyatini zamonaviy tarzda taşkil qiliş, içki idoraviy nazorat mexanizmini kuçaytiriş, davlat boşqaruvi sohasida rasmiyatçilik va suiiste'mollikka çek qöyiş, tezkor va asosli qarorlar qabul qiliş yöli bilan davlat xizmatlari körsatiş samarasini oşiriş, jismoniy va yuridik şaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini amalga oşirişning zamonaviy mexanizmlarini joriy etişni közda tutadi.

Qonun qay darajada işlayapti?

Qonun qabul qilinganiga ikki yildan ortiq vaqt ötgan bölsa-da, uning amaliyotga töliq tatbiq qilinişida qator muammolar mavjud edi.

Xususan, yaqinda qonunning amaliyotga naqadar faol tatbiq etilgani va işlaş ahvoli «Özstandart» va «Özarxiv» agentliklari tomonidan örganildi va bu borada bir qator tizimli kamçiliklar aniqlandi.

Asosiy masala qonun osti hujjatlarining uşbu qonunga muvofiqlaştirilmagani bilan boğliq. Natijada idoralarda qonunda belgilangan normalarni emas, balki sohaviy (maxsus) qonun hujjatlaridagi qonunga muvofiq bölmagan talablarni qöllagan holda ma'muriy tartib-taomillarni amalga oşiriş amaliyoti şakllangan.