Bugun yangi holatlar 9 hududda - Toşkent şahri, Toşkent, Navoiy, Sirdaryo, Namangan, Xorazm, Samarqand, Andijon va Qaşqadaryo viloyatlarida qayd etildi. SSV matbuot xizmati rahbari Furqat Sanayev telegramdagi kanalida bemorlar qayd etilişi va soğayişi böyiça körsatkiçlar jadvalini keltirdi.
Bugungi 87ta holatdan 62tasi karantin muassasalaridagi fuqarolar orasida, 20tasi aholi orasida aniqlangan, xalqaro yuk taşuvçi avtomaşina haydovçilari bölgan 5 kişiga ham virusdan zararlaniş taşxisi qöyilgan.
Aholi orasida (+20)
Toşkent şahrida aholi orasida jami 10ta holat aniqlandi. Jumladan, Şayxontohur tumanidagi «Media Park» savdo majmuasining yana 2 nafar xodimida ham koronavirus qayd etilgan.
Xorazm viloyatida aholi orasida 3ta holat tasdiqlandi va uşbu viloyat yana koronavirusli hududga aylandi. 4 iyun kuni Xorazmda biratöla 14 kişida virus aniqlangani va viloyatga koronavirus qaytgani haqida xabarlar tarqalgan, Soğliqni saqlaş vazirligi bu ma'lumotga izoh berib, kasallaniş holatlari tasdiqlanişi uçun yana tekşiruvlar ötkazilişi kerakligini ma'lum qilgandi.
Namangan viloyatida aholi orasida 6 kişiga virusdan zararlaniş taşxisi qöyilgan. Namanganda yangi holatlar aniqlanmayotgan va viloyat koronavirusdan xoli hududga aylanişga yaqin kelgandi. Ammo 5 iyun kunidan aholi orasida yangi holatlar aniqlana boşladi.
Qaşqadaryo viloyatida işlovçi 1 qozoğistonlikda ham virus aniqlangan. Viloyatda davolanişdagi bemorlar soni 5 nafarga yetgan.
Haydovçilar (+5)
Bugungi holatlarning barçasi Toşkent viloyatida aniqlangan - Rossiyadan çegara post orqali Özbekistonga kirib kelgan 5 nafar xalqaro yuk taşuvçi avtomaşina haydovçida virus çiqqan.
Karantin (+62)
Navoiy viloyatida koronavirusga çalinganlar bilan muloqotda bölib karantinga olingan 5 kişida virus aniqlangan. Viloyatda jami holatlar soni 224taga yetdi, şundan 110 kişi soğayib çiqqan.














