Virus AQŞda tobora avj bilan tarqalar ekan, prezident Tramp uning tarqalişida Xitoyni ayblaşdan töxtamayapti. Uning fikriça, koronavirus haqida Xitoy öz vaqtida jahon hamjamiyatini ogohlantirmagan. Şuningdek, u Xitoyni koronavirusni laboratoriyadagi ehtiyotsizlik ortidan tarqatib yuborişda ham aybladi.

Köp ötmay Tramp Jahon soğliqni saqlaş taşkilotini Xitoyga yetarliça çora körmaganlikda ayblab çiqdi. Tabiiyki, Xitoy va JSST Trampning ayblovlarini rad etdi, ammo Tramp fikrini özgartirgani yöq. Axir u oddiy odam emas, dunyo siyosatida hal qiluvçi sözni aytuvçi mamlakat prezidenti. Tramp Xitoyga sanksiyalar bilan pöpisa qilgan bölsa, JSSTga bundan buyon uşbu taşkilotni moliyaviy qöllab-quvvatlaşni töxtatib qöyiş bilan tahdid qildi. Uning bu masaladagi oxirgi tahdidi 30 may kuni yangradi. Öşa kuni Tramp AQŞ JSST bilan barça aloqalarini uzişi haqida gapirdi.

JSST haqida qisqaça

Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti 1948 yilda BMT qoşida jahonning turli hududlarida tibbiy vaziyatni nazorat qiliş maqsadida tuzilgan. Taşkilotning ştab-kvartirasi Şveytsariyaning Jyeneva şahrida joylaşgan. Bugun uşbu taşkilotga dunyoning 196 davlati a'zo. Taşkilotni unga a'zo davlatlar vakillari tomonidan ovoz beriş yöli bilan saylanadigan boş kotib boşqaradi.

Taşkilot faoliyati qit'alar böylab taşkil etilgan mintaqaviy bölimlar orqali olib boradi. Ular 1949 yildan 1952 yilgaça taşkil etilgan.

Yevropa bölimi idorasi Daniya poytaxti Kopenhaganda.

Amerika bölimi idorasi AQŞ poytaxti Vaşingtonda.

Şarqiy va Örta Yer dengizi bölimi idorasi Misr poytaxti Qohirada.

Janubiy-şarqiy Osiyo bölimi idorasi Hindiston poytaxti Dehlida.

Tinç okeanining ğarbiy qismi bölimi idorasi Filippin poytaxti Manilada.

Afrika bölimi idorasi Kongo poytaxti Brazzavilda.

Bundan taşqari, JSSTning har bir mamlakatda öz vakili va idorasi bor. Bugun taşkilotga hozirda efiopiyalik Tedros Adxan Gebreyyesus rahbarlik qilmoqda.

AQŞ JSST budjetining qança qismini tölab beradi?