Özbekiston Jahon savdo taşkilotiga 2026-yilda qöşiliş maqsadini yana bir bor tasdiqladi, Farğonada mast haydovçi urib ketgan YPX xodimi halok böldi, Qoraqalpoğistonda esa qiymati 1 milliard sömlik gazballonlar talon-toroj qilingani aniqlandi. Şu va boşqa muhim mahalliy yangiliklar bilan Kun.uz dayjyestida taniştiramiz.
Özbekiston JSTga 2026-yilda qöşiliş maqsadini tasdiqladi
Özbekiston Jahon savdo taşkilotiga a’zo böliş jarayonini 2026-yilda yakunlaş rejasi öz kuçida qolişini ma’lum qildi.
JST Işçi guruhining navbatdagi yiğilişida mamlakat tomonidan qabul qilingan 190 ta normativ-huquqiy hujjat, ikki tomonlama muzokaralar va amalga oşirilayotgan iqtisodiy islohotlar muhokama qilindi.
Ma’lum qilinişiça, hozirga qadar Özbekiston 31 ta bozorga kiriş böyiça ikki tomonlama kelişuv imzolagan. JST rahbariyati muzokaralardagi ilgarilaşni ijobiy baholadi.
Mast haydovçi YPX xodimining ölimiga sabab böldi
Farğona viloyatining Özbekiston tumanida xizmat vazifasini bajarayotgan YPX inspektori Hayitbek Karimjonov avtomobil urib ketişi oqibatida halok böldi.
Hodisa 31-iyul kuni keçasi sodir bölgan. Guvohlar Spark haydovçisi mast holatda bölgani va töxtaş işorasiga böysunmasdan qoçganini aytmoqda.
Holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
1067 ta gazballon talon-toroj qilindi
Qoraqalpoğiston Respublikasining Taxtaköpir tumanida qiymati 1 milliard sömlik 1067 dona suyultirilgan gazballon talon-toroj qilingani aniqlandi.
Tergov ma’lumotlariga köra, gazballonlar «Taxtaköpirtumangaz» ta’minoti bölimi moddiy javobgar şaxslari tomonidan özlaştirilgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi, ya’ni özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Çexiyaga işga yuboriş uçun hamşiralar öqitiladi
Navbatda mehnat migratsiyasi sohasiga oid yangilik. Özbekiston va Çexiya tibbiyot xodimlarini tartibga solingan mehnat migratsiyasi asosida işga joylaştiriş böyiça hamkorlikni kengaytirişni rejalaştirmoqda.
Şu maqsadda Çexiyada işlaş istagidagi özbekistonlik hamşiralar uçun mamlakatimizda maxsus öquv kurslarini taşkil etiş imkoniyati körib çiqilmoqda.
Tomonlar malakali mutaxassislarni Çexiyaga qonuniy va tartibli işga joylaştiriş hamda bu sohadagi hamkorlikni rivojlantiriş masalalarini muhokama qildi.
Nukusda yangi energiya tizimi işga tuşiriladi
Prezident qaroriga muvofiq, Nukus şahridagi «RK-1» qozonxonasi davlat-xususiy şeriklik asosida kogeneratsiya texnologiyalari bilan modernizatsiya qilinadi.
Loyiha doirasida bir vaqtning özida elektr va issiqlik energiyasi işlab çiqariş yölga qöyiladi. Bu energiya tejamkorligini oşiriş, tabiiy gaz sarfini kamaytiriş va issiqlik ta’minoti sifatini yaxşilaşga xizmat qiladi.
Şuningdek, 28 kilometr issiqlik tarmoqlari qurilib, minglab aholi barqaror elektr va markazlaşgan issiqlik ta’minoti bilan qamrab olinadi.
Imtihonga kelmagan talabgorlar pulini qaytarib olişi mumkin
Bilim va malakalarni baholaş agentligi milliy sertifikat imtihonlarida iştirok eta olmagan talabgorlar uçun yangi tartibni joriy qildi.
Endi uzrli sabab bilan imtihonga kelmaganlar tölagan mablağini qaytarib olişi yoki keyingi imtihonda qöşimça tölovsiz iştirok etişi mumkin.
Bu imkoniyat kasallik, xizmat safari yoki yaqin qarindoşining vafoti kabi holatlarda qöllanadi. Uzrsiz kelmagan yoki imtihon qoidalarini buzgan talabgorlar esa uşbu tartibdan foydalana olmaydi.
Ta’lim muassasalarida xavfsizlik çoralari kuçaytiriladi
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan maktablar, oliygohlar va boşqa ta’lim muassasalarida xavfsizlik tizimini takomillaştiriş böyiça yangi tartib tasdiqlandi.
Unga köra, muassasalarda videokuzatuv, kiriş-çiqişni nazorat qiliş, yonğin xavfsizligi va favqulodda vaziyatlarda harakat qiliş tizimlari bosqiçma-bosqiç modernizatsiya qilinadi.
Şuningdek, qöriqlaş xizmati xodimlarining malakasi oşirilib, axborot tizimlari «Xavfsiz ta’lim» platformasi bilan integratsiya qilinadi.
Hayvonlarga şafqatsizlik uçun jazo oğirlaşdi
Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva hayvonlarga nisbatan şafqatsiz munosabat uçun javobgarlik kuçaytirilganini eslatdi.
Endi bunday huquqbuzarlik uçun ma’muriy jarimalar ikki baravar oşirilgan, şuningdek, 15 sutkagaça ma’muriy qamoq jazosi ham qöllanişi mumkin. Takroran sodir etilgan holatlar esa jinoiy javobgarlikka sabab böladi.
Saida Mirziyoyeva bu kabi qonunlar jamiyatda mehr-oqibat va mas’uliyatli munosabatni şakllantirişga xizmat qilişini ta’kidladi.











