180 mingga yaqin aholiga ega Muzrabot tumanida şu kunga qadar 1 dona masjid faoliyat yuritgan va u tuman markazidan salkam 20 kilometr uzoqlikda joylaşgan. Aholining murojaatlari inobatga olinib, mahalliy hokimlik tomonidan masjid qurilişi uçun “Yangi hayot” mahallasi hududidan yer ajratildi.

Ötgan ikki yarim yildan ziyod vaqt davomida, xalq haşari yöli bilan bu joyda zamon talablariga javob beradigan, namozxonlar uçun qulay şaroitlarga ega, 1500 kişilik siğimli jome masjid bunyod etildi. Masjidga köplab qorilarning, xususan, Surxondaryo va Qaşqadaryo vohasidagi minglab tolibi ilmlarning ustozi bölgan vohalik olim, marhum Döstmuhammad oxun domlaning nomi qöyildi.

Şu bilan Özbekistondagi masjidlar soni 2068 taga, Surxondaryo viloyatida esa 113 taga yetdi.

Eslatib ötamiz, joriy yilning 8 iyun, duşanba kunidan boşlab, “yaşil” hududlarda masjidlar öz faoliyatini karantin talablariga amal qilgan holda boşlaydi. Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik agentligi taqdim etgan röyxatga köra, Muzrabot tumani ham “YaŞIL” hudud toifasiga kiradi.

Demak, 8 iyundan boşlab “Döstmuhammad bobo” masjidida ham sanitar talablar asosida ilk namozlar ado etiladi.