7 iyun kuni (Toşkent vaqti bilan 1:05) Telegram messenjerida keng kölamli uziliş röy berdi. Bu haqda Downdetector servisi ma'lum qilmoqda.
Servis bergan ma'lumotga köra, nosozliklar dunyo böylab kuzatilmoqda, ayniqsa Rossiya va Yevropada.

Messenjerdagi uzilişlar Toşkent vaqti bilan taxminan 1:05 dan boşlangan. Foydalanuvçilarning asosiy qismi messenjerga ulana olmayotgan bölsa, ba'zilarda xabarni yuborişda muammolar tuğilmoqda.
Hozirda Telegram’dagi nosozliklar sababi haqida messenjer vakillari rasmiy ma'lumot berişmagan.












