Toşkent şahridagi Virusologiya ilmiy-tekşiriş instituti klinikasida 21 nafar soğayib, reabilitatsiyaga kuzatilgan.
Tuzalganlarning 13 nafari erkak, 8 nafari ayol bölib, eng yoşi kattasi 72, eng yoşi kiçigi esa 10 yoşda. Hududlar kesimida olinsa, 9 nafari Toşkent şahridan, 2 nafari Samarqand viloyatidan, Qaşqadaryo va Toşkent viloyatlaridan 3 nafardan, Buxoro, Farğona, Surxondaryo va Andijon viloyatlaridan 1 nafardan.
Toşkent şahrida şu paytga qadar soğayganlar soni 1374 nafar taşkil qilgan bölsa, endilikda ularning soni 1395 nafarga yetib, davolanayotganlar soni 563 nafarni taşkil etmoqda.
Şunday qilib, bugun 21 nafar bemor tuzalib, mamlakat böylab koronavirus infeksiyasidan soğayganlar soni 3268 nafarni taşkil etmoqda. Şuningdek, bugun koronavirusga çalingan 1 nafar bemor vafot etib, jami ölim holatlari soni 17taga yetdi.
Sönggi ma'lumotlarga köra, Özbekistonda koronavirusdan zararlaniş holatlari soni 4064tani taşkil qilmoqda.
Hozirda mamlakatning yetti hududidagi tibbiyot muassasalarida jami 779 nafar bemor davolanmoqda.












