Vazirlar Mahkamasining «Lanko miya» qöşma korxonasiga qizilmiya ildizini ekiş va qayta işlaş uçun yer ajratiş töğrisida»gi farmoyişi loyihasi e'lon qilindi.
Özbekiston Respublikasi Yer kodeksining 24-moddasiga asosan, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşining «Lanko miya» Özbekiston-Xitoy qöşma korxonasiga qizilmiya ildizini ekiş va qayta işlaş uçun yer uçastkalarini ijaraga beriş haqidagi takliflariga muvofiq:
Kegeyli tumanidagi «Juzim-bağ» ovul fuqarolar yiğini hududidagi zaxira yer maydonlaridan umumiy maydoni 40,9 gektar şundan: 12,1 gektar suğoriladigan ekin yer maydonlari, 15,9 gektar yaylov yerlar, 3,1 gektar suv osti yerlari, 0,3 gektar yöllar va 9,5 gektar qişloq xöjaligida foydalanilmaydigan boşqa yer maydonlari «Lanko miya» qöşma korxonasiga 30 yil muddatga ijara huquqi asosida ajratib beriladi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Özbekiston Respublikasi Yer resurslari geodeziya kartografiya va davlat kadastri davlat qömitasi bilan birgalikda belgilangan tartibda yer uçastkasini «Lanko miya» qöşma korxonasiga uzoq muddatli ijaraga beriş töğrisida şartnomasini rasmiylaştiradi.
«Lanko miya» Özbekiston-Xitoy qöşma korxonasiga qizilmiya ildizini ekiş va qayta işlaş uçun ajratilayotgan yer maydonlariga belgilangan investitsiya majburiyatlarini bajarmaganda, ajratilgan yer maydonlaridan oqilona va belgilangan maqsadga muvofiq foydalanilmaganda, kimyoviy va radioaktiv ifloslanişiga, atrof muhitning buzilişiga, respublika hududida karantin obektlarning paydo bölişiga va tarqalişiga olib keluvçi usullardan foydalanilganda ajratilgan yer uçastkasining ijara şartnomasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilinadiganligi körsatib ötiladi.
Özbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi «Lanko miya» qöşma korxonasiga ajratilgan yer maydoni böyiça atrof-muhitga ta'sir töğrisidagi ariza loyihasini qonunçilikda belgilangan tartibda davlat ekologik ekspertizasidan ötkazilişini ta'minlasin hamda tabiatni muhofaza qiliş qonunçiligiga qat'iy rioya etilişi yuzasidan davlat nazoratini örnatadi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisiga (Q.R.Sariyev):
işlab çiqariş zaruriyati taqozo etganda yuqorida körsatilgan muddatning uzoq muddatli ijara huquqi asosida foydalaniş muddatlaridan ortiq bölmagan davrga belgilangan tartibda özgartirilişini nazarda tutadi.

















