Britaniyaning The Economist jurnalida Orolböyi mintaqasini tiklaşga qaratilgan ekologik loyiha mavzusiga bağişlangan maqola çop etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
Unda tibbiyot va oziq-ovqat sanoatida işlatiladigan qizilmiya ildizini yetiştiriş böyiça loyiha natijadorligi bilan boğliq tafsilotlar qalamga olingan.
“Jahon banki ma’lumotlariga köra, 2017-2021 yillarda Özbekistondan qizilmiya ekstrakti eksporti hajmi 30 million dollarga yetgan, - deb yozadi jurnal. - Özbekiston ötgan yili qizilmiya yetiştiriş hajmi böyiça dunyoda birinçi örinni egalladi. Qoraqalpoğiston uşbu loyiha markazida”.
Maqolada Qizilmiya yetiştiruvçilar milliy assotsiatsiyasi raisi Murat Ğoipovning qizilmiya eksporti sezilarli darajada oşgani haqidagi fikrlari keltirilgan. “Bu hukumat qöşimça qiymatli mahsulotlar eksportini rağbatlantiriş strategiyasiga mos keladi. Masalan, neft mahsulotlari örniga tayyor plastmassa, paxta örniga töqimaçilik mahsulotlari”, deb yozadi naşr.
Qoraqalpoğistonda qizilmiyani qayta işlaş korxonalari taşkil etilgan, ular bir qismi xitoylik investorlar iştirokida tuzildi. Uşbu korxonalar soliq imtiyozlariga ega bölib, bojxona tölovlaridan ozod qilingan.
Hozirgi vaqtda qizilmiya ildiziga asoslangan mahsulotlar assortimenti keng - bu şampunlar, çoy, dori-darmonlar. Mutaxassis fikriça, kompaniyalar soni ortişi bilan Özbekiston qizilmiya ekstrakti işlab çiqarişdan tayyor mahsulot işlab çiqarişga ötişi va qizilmiya eksportini ikki barobarga oşirişi mumkin.

















