Qoraqalpoğistonda yöl-transport hodisasi sodir etib, uç kişining ölimiga sababçi bölgan haydovçiga sud hukmi öqildi.

Ma’lum bölişiça, 2023 yil 18 dekabr kuni “Kobalt” avtomobili haydovçisi maşinaga tört nafar yölovçini mindirib, Nukus-Kegeyli yönalişida ketayotganida muzlama yölda tez yurib, maşina boşqaruvini yöqotgan.

Şunda maşina yölning qarama-qarşi yönalişiga çiqib ketgan va Kegayli-Nukus yönalişida kelayotgan boşqa bir “Kobalt” avtomobili bilan töqnaşib ketgan.

Oqibatda boşqaruvni yöqotgan “Kobalt" haydovçisi va ikki erkak tan jarohatlari olgan. Şu maşinada bölgan ikki ayol va bir erkak voqea joyida halok bölgan.

Sud muzlama yölda tez yurib boşqaruvni yöqotgan “Kobalt” haydovçisini Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan aybdor deb topgan.

U uç yilga transport vositalarini boşqariş huquqidan mahrum qilinib, 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan. Şuningdek, aybdordan jabrlanuvçilar foydasiga jami 209 mln 905 ming söm undiriş belgilangan.