Pskent tuman tibbiyot birlaşmasi Tuğruq uyida hamşira bölib işlovçi S.A. da koronavirus infeksiyasi aniqlandi. U Toşkent viloyatining Örta Çirçiq tumanidagi maxsus karantin zonasida köngilli sifatida işlab kelgan.

Şu munosabat bilan Tuğruq uyi 7 iyun kuni profilaktik dezinfeksiya tadbirlari ötkaziş uçun yopilib, tuman SEOM dezinfektorlari tomonidan töliq zararsizlantiriş işlari olib borildi, deb ma'lum qildi tuman SEOM boş şifokori Mohiraxon Ubayxonova.

«Bemor bilan birlamçi muloqotda bölgan barça fuqarolar uy şaroitida karantinga qöyilib, virusologik tahlil namunalari olindi. Xonadonlarida töliq profilaktik dezinfeksiya va tozalaş tadbirlari olib borildi.

Ayni vaqtda TTB tuğruq uyi va KTMP IIB tomonidan qöriqlovga olingan. Bemorning oila a'zolari faoliyat olib boruvçi gözallik salonining faoliyati SEOM tomonidan örganilib, DSENB Pskent tuman filiali tomonidan töxtatildi.

Bemor bilan birlamçi va ikkilamçi muloqotda bölganlar röyxati şakllantirilmoqda, kasallikning oldini oliş borasidagi qöşimça ma'lumotlar berib boriladi», – deyiladi press-relizda.

Ma'lumot uçun, 8 iyun kuni hududlarning 6 iyundagi holatiga köra epidemiologik toifalari e'lon qilindi. Unda Pskent tumani «yaşil» toifada körsatilgan.

2 va 6 iyun kungi röyxatlardagi tafovutga köra, şu vaqt oraliğida Toşkent viloyatining Oqqörğon va Çinoz tumanlari toifasi «sariq»dan «qizil»ga özgartirilgan.

Eslatib ötamiz, Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik agentligi direktori Bahodir Yusupaliyev 23 may kuni Kun.uz'ga bergan intervyusida koronavirus yuqtirib olgan tibbiyot xodimlari soni 300dan oşgani haqida ma'lum qilgan edi.