Armaniston boş vaziri Nikol Paşinyan koronavirusga çalingandan keyin undan soğayganini ma'lum qildi. Paşinyan virusga çalinganini 1 iyunda ma'lum qilgandi.

“Hozirgina oilamizning koronavirusga takroriy test natijalarini oldik. Barça natijalar manfiy. Keça ham şunday natijalar bölgandi. Ayni vaqtda barçamiz soğmiz, bizda immunitet bor. Men öz majburiyatlarimni töliq bajarişga qaytmoqdaman”, deb yozgan Paşinyan Facebook’da.

Avvalroq Armaniston boş vaziri unda kasallik alomatlarsiz ötayotganini ma'lum qilgan. Paşinyanning taxminiça, u yiğilişlardan birida unga stakanda suv keltirgan qölqoplarsiz bölgan ofitsiantdan virus yuqtirib olgan. Şundan keyin boş vazir majburiyatlarini masofadan bajarişga ötgan. 

Avvalroq Armaniston koronavirusga çalinganlar oqimini eplay olmayotgani ma'lum qilingan. Paşinyanning ta'kidlaşiça, mamlakatda virusga çalinganidan bexabar bölgan 30 mingga yaqin alomatsiz bemor bor.

Keyinroq Paşinyan koronavirus tarqalişi respublikada oğir darajada ekanini ma'lum qilgan. Şu munosabat bilan respublikada hattoki lokdaun e'lon qiliş imkoniyati ham körilgan.