Belarusda 50265 kişi koronavirus yuqtirdi. Bu haqda mamlakat soğliqni saqlaş vazirligiga tayanib «Sputnik Belarus» xabar berdi.
Oxirgi sutka davomida 812ta yangi holat qayd etilgan. Epidemiya boşlanganidan buyon Belarusda 644 mingdan ortiq test ötkazilgan.
«Mamlakat hududida infeksiya tarqalişi boşlanganidan buyon 282 kişi vafot etdi», — deyiladi soğliqni saqlaş vazirligi xabarida.
Belarusda koronavirus pandemiyasi sababli keskin karantin çoralari joriy etilmadi. Prezident Aleksandr Lukaşenko bu qarorni iqtisodiy sabablar bilan izohladi va dunyodagi pandemiya bilan boğliq vaziyatni telbalik deb atadi. 9 may kuni Belarusda Ikkinçi jahon uruşidagi ğalabaning 75 yilligi munosabati bilan parad ötkazildi.













