Ikki prezident, şuningdek, özaro suhbat davomida Liviya va Suriyadagi hamda koronavirus bilan boğliq vaziyatlarni muhokama qilgan.

“Prezidentimiz öz suhbatdoşi bilan AQŞdagi zöravonlik va talonçiliklar ortida turuvçi unsurlar Suriya şimolida harakat qiluvçi KIP/YPG terrorçilik taşkiloti bilan aloqaga ega bölişi mumkinligi haqidagi xavotirlari bilan bölişgan”, deb ma'lum qilingan Erdöğan ma'muriyati matbuot xizmatida.    

Avvalroq AQŞdagi ommaviy tartibsizliklarda Rossiya ayblangandi. AQŞning sobiq prezidenti Barak Obama ma'muriyatida milliy xavfsizlik böyiça maslahatçi bölgan Syuzan Rays Moskva AQŞdagi ikki tomonni  ijtimoiy tarmoqlar orqali gij-gijlaşda va ehtimol, ularni moliyalaştirayotganlikda ayblagan. Rossiyaning Venadagi xalqaro taşkilotlardagi doimiy vakili Mixail Ulyanov bu ayblovlarni inkor etib, Vaşington aybdorni mamlakat içida emas, balki taşqaridan izlaşni istayotganligini qöşimça qilgan. 

AQŞda afroamerikalik Jorj Floyd politsiya tomonidan qölga olinişi vaqtida qöllangan zöravonlik oqibatida vafot etgandan söng bir neça kundan beri noroziliklar bölib ötmoqda. Bir qator holatlarda namoyişlar tartibsizliklar, politsiya bilan töqnaşuvlar, talonçiliklar va bosqinçiliklarga aylanib ketgan.