«Işda baxsiz hodisa va umumiy kasalliklar soni ortmoqda» - boş profpatolog bilan suhbat
|02:31 / 09.06.202038 30811 min
Jahon Soğliqni saqlaş taşkilotining eng köp uçraydigan kasbiy xavf omillarini baholaş böyiça ötkazgan sönggi tadqiqotlariga köra, Yevropa davlatlarida kasallik yukining kamida 1.6 foizi mehnat şaroitlari sabab yuzaga kelişi aniqlangan.
Unga köra, xavflarning asosiy omillari sifatida: şikastlaniş (40 foiz), şovqin (22foiz), kanserogenlar (18 foiz), xavfli zarralar va ergonomik omillar (3foiz) keltirilgan.
Surunkali kasalliklarning kasbiy yuki sifatida esa, bel oğriği (37 foiz),eşitiş qobiliyatining pasayişi (16 foiz), öpka zararlanişi bilan boğliq kasalliklar (13 foiz), astma (11foiz) va saraton (9 foiz) körsatilgan.
Xöş, kasb kasalligi böyiça Özbekistondagi umumiy holat qanday? Bizda kasbiy faoliyatdagi xavfsizlik qoidalariga qançalik amal qilinadi? Qaysi soha vakillari orasida kasb kasalligiga çaliniş holatlari köp uçramoqda? Kun.uz muxbiri şu kabi savollar böyiça Soğliqni saqlaş vazirligi boş profpatologi, tibbiyot fanlari doktori Muqaddas Hamroqulova bilan intervyu uyuştirdi.
— Muqaddas opa, ayting-çi, kasb kasalligi özi qanday kasallik, unga kimlar va qaysi sohada faoliyat olib boradigan mutaxassislar çalinişi mumkin?
— Bu yomon mehnat şaroitlari va kasbga aloqador zararlarning organizmga ta'siri natijasida paydo böladigan kasalliklar hisoblanadi. Kasallikning keçişi unga sabab bölgan zararli omillarning öziga xosligi, kuçi, davomiyligi va ularning birgalikdagi ta'siriga boğliq.
Kasb kasalligi işlab çiqarişning zararli omillarini hisobga olgan holda belgilanadi. Bu kasallikning fizik (kasbga aloqador karlik, vibratsiya kasalligi, nur kasalligi, kesson kasalligi, balandlik kasalligi va b.), biologik (infeksion va parazitar kasalliklar: brutsellyoz, kuydirgi) va kimyoviy omillar ta'sirida (zaharlaniş), ba'zi çanglar uzoq vaqt nafasga olinganda (pnevmokonioz, bronxit va b.), şuningdek, jismoniy zöriqqanda yoki şikastlanganda (nevrit, bursit) vujudga keladigan turlari farq qilinadi. Uning kelib çiqişiga organizmning öta toliqişi va kasallikka qarşi kuraşa oliş faoliyatining pasayişi ham sabab böladi.
Kasb kasalliklari Özbekistonda amal qiluvçi etiologik prinsipga asoslangan kasb kasalliklarining röyxatiga, ya'ni Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 1 iyuldagi 195-sonli qarorining 2-ilovasiga asosan tasdiqlanadi.
Mavzuga oid
Muqaddas Hamroqulova
—Özbekistonda asosan qaysi sohalarda mehnat qilayotgan işçilar kasb kasalligiga köproq çalinadi?
— Oxirgi yillardagi birlamçi kasb kasalliklari statistikasiga köra, yer osti konlarida kremniy saqlovçi çang va mehnat şaroiti kompleks omillar ta'sirida mehnat qiluvçi işçilarda uçraydi. Bu işçilarning asosiy qismi köp yillik stajga ega. Ular uzoq muddat zararli mehnat şaroitida va iş joyidagi çang miqdori ruxsat etilgan me'yordan ortiq bölişi natijasida kasallikka çalingan.
Kasallikni aniqlaş uçun zamonaviy taşxis usullarining qöllanilişi natijasida uning rivojlanişi bilan boğliq qöşimça ma'lumotlar olinmoqda. Bunda kasalliklarni işlab çiqariş bilan boğliqligi daliliy isbotini topmoqda.
Özbekistonda bu kasallikning rivojlanişi ehtimoli böyiça tibbiy-profilaktika çoralari işlab çiqilgan. Bu öz navbatida ötkazilayotgan tibbiy köriklar sifatini yaxşilaşga va kasb kasalliklari kelib çiqişini oldini olişga ham yordam beradi.
— Özbekiston Mehnat Kodeksining 18 va 24-moddalarida korxona va taşkilotlarda mehnat qilayotganlarning kasb kasalligiga çalinmasligi uçun nimalarga e'tibor berilişi va taşkilot rahbarlari işçilarga qanday şaroitlar yaratib berişi belgilangan. Sizningça, bizda bu qoidalarga qançalik amal qilinadi?
— Xodimlarning soğliğini saqlaşda, jumladan kasb kasalliklarining profilaktikasida mehnat faoliyatining holati muhim. Bir qator qonun va qarorlarda hamda tarmoq mehnatni muhofaza qiliş qoidalarida alohida e'tibor berilgan.
Özbekistonda xodimlarga tibbiy-sanitar xizmat körsatiş, kasb kasalliklarining profilaktikasi ikki yönalişda olib borilmoqda: Mehnat şaroitlarini yaxşilaş va muhofaza qiliş; Tibbiy profilaktik yordam körsatiş.
Tan oliş kerak, bugungi kunda ötkazilayotgan davriy tibbiy köriklar sifati va kölami nazorati susaytirilib yuborilgani natijasida kasb kasalliklari ilk, yengil darajada emas, balki örtaça oğir va oğir darajasida taşxislanmoqda, işda baxsiz hodisa va umumiy kasalliklar soni ortişiga sabab bölmoqda.
— Siz rahbarlik qilayotgan tizim kasb kasalligiga çalinişi xavfi yuqori bölgan işçi xodimlarni boşqa işga ötkaziş böyiça taşkilotlarga tavsiya beradi. Bugun bu tavsiyalarga taşkilotlar tomonidan qançalik amal qilinadi?
— Davriy tibbiy köriklar xulosalari asosida işçining zararli omillar ta'sirida işlaşi böyiça xulosani tibbiy körik ötkazgan tibbiy-profilaktik muassadagi şifokor-profpatolog malakasiga ega mutaxasis berişi mumkin.Berilgan xulosa böyiça ziddiyatli holatlar yuzaga kelgan taqdirda, davolaş profilaktika muassasasi yoki taşkilot rahbarining murojaat xati asosida Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari instituti mutaxassislari tomonidan yakuniy xulosa berilişi mumkin.
Ötkazilayotgan tibbiy köriklarning sifati va natijalari böyiça xulosalarda belgilangan tadbirlar, kasallangan xodimlarni reabilitatsiya qiliş va soğlomlaştiriş böyiça tavsiyalar ba'zi taşkilotlar tomonidan öz vaqtida bajarilmayapti. Buning asosiy sabablaridan biri nazoratning sustligidir. Şuningdek tibbiy köriklar natijasi böyiça berilgan tavsiyalarning iş beruvçi tomonidan bajarilmasligi oqibatida işçilarda aniqlangan kasalliklar oğir va öta oğir darajadagi kasallanişiga sabab bölmoqda.
Özbekiston qonunçiligida işlovçi aholi (mehnat resurslari)dan iş beruvçilar samarali foydalanişi belgilangan. Xodimning salomatligi yomonlaşuviga olib keluvçi omillar ta'sirini oldini oliş va bartaraf etmaslik esa uşbu mehnat resursini işçanlik qobiliyati va mehnat davomiyligini qisqartiradi.
Oxirgi ön yillikda işlovçi aholiga tibbiy yordam beriş tizimiga e'tibor kamayib ketdi. Avvallari işlab-çiqariş bilan boğliq faoliyatni yuritişda korxonaning tibbiy punkti yoki tibbiy-sanitariya qismi bölişi közda tutilar edi. Bugun uşbu tizim tuzilmalari aksariyat korxonalarda qisqartirib yuborildi.
Kasb kasalligini kelib çiqişi sabablaridan yana biri viloyatlar va tumanlarda ötkazilayotgan tibbiy köriklar uçun javobgar şifokor kasb kasalligi (profpatolog) mutaxassisligiga ega emasligidir. Şuningdek, köpgina tuman, viloyatlarda profpatolog ştatlarining yöqligidir. Tibbiy körikda iştirok etayotgan mutaxassis-şifokorlar esa işlab-çiqarişdagi zararli mehnat şaroiti kabi omillar ta'sirida kelib çiqiş ehtimoli bölgan kasb kasalliklari töğrisida tuşunçalarga ega emas.
Ötkazilayotgan tibbiy köriklar natijasi böyiça berilgan xulosalar ijrosi ustidan nazoratning sustligi aniqlangan kasalliklarni reabilitatsiya qiliş va soğlomlaştiriş böyiça tavsiyalar öz vaqtida bajarilmasligiga sabab bölmoqda.
— Demak, bizda profpatologlar tayyorlaş tizimida ham uziliş bor...
— Töğri, hozir zararli omillar ta'sirida işlovçi işçilarni tibbiy körikdan ötkazuvçi markaziy tibbiyot birlaşmalarida profpatolog mutaxassislari tayyorlaşga e'tibor oşmoqda. Masalan, 2012 yildan boşlab birinçi marotaba kasb kasalliklari böyiça klinik ordinatura oçildi. Har yili kasb kasalliklari yönalişi böyiça ordinaturani bitirib çiqqan bir neça profpatolog mutaxassislar respublika böyiça faoliyat olib bormoqda. Şuningdek, 2006 yildan Toşkent vraçlar malakasini oşiriş instituti qoşida “Kasb kasalliklari” kursi oçilgan. Bu yerda bir neça şifokorlar ikki, uç va beş oylik malaka oşiriş tayyorgarligidan ötib kasb kasalligi mutaxassisligini olmoqda.
— Bu kasallikni odatda faqat oğir jismoniy mehnat bilan şuğullanuvçilarda uçraydi, deb tuşunişadi, vaholanki u öqituvçi, jurnalist, şifokor va buxgalterlarda ham köp uçraydi. Ijtimoiy soha xodimlari özini qanday himoyalaşlari kerak?
— Kasb kasalligi işçiga ta'sir qiluvçi zararli mehnat şaroitiga qarab turli tana a'zolari töqimalar faoliyatini buzilişi natijasida kelib çiqişi haqida gapirdim. Masalan, öqituvçilarda köp yillik stajli iş davomida dars soatlari me'yordan köp bölgandagi sözlaşiş oqibatida kasbiy laringit kasalligi kelib çiqişi mumkin. Tibbiyot xodimlarida kasbiy vazifalarni bajariş jarayonida biologik va kimyoviy (dori va dezinfeksiyalovçi vositalar) omillar ta'siridagi kasb kasalliklar kelib çiqiş ehtimoli bor. Misol uçun: virusli gepatitlar, tuberkulez, bronxial astma va boşqalar. Şuningdek, uzoq vaqt tik turib işlaş (xirurg, anestiziolog va boşqa) oqibatida tayanç-harakat tizimi kasalliklari rivojlanişi mumkin.
Bu sohadagi insonlarda kasallikning oldini oliş uçun mehnat muhofazasi qoidalariga rioya qilişlari, iş va dam oliş soatlarini töğri taşkil qiliş, himoya vositalardan töğri foydalaniş, mehnat şaroitlarini yaxşilaş, soğlomlaştiruvçi çora-tadbirlarni ötkazilişi, soğlom turmuş tarzi prinsiplariga rioya qiliş zarurdir.
— Koronavirusga qarşi kuraşgan şifokorlarning kasallikka çaliniş xavfi ham kasb kasalliklari doirasiga kiritilmoqdami?
Çunki, koronavirusga qarşi kuraşayotgan şifokorlar hozir 24 soatlab va xuddi uruş paytidagi jangçidek işlayapti. Ular uçun nimalarni maslahat bergan bölardingiz?
— COVID-19 koronavirus pandemiyasi sababli köplab tibbiyot xodimlari kasallangan bemorlarga yordam körsatiş va davolaşda qatnaşmoqda.
Tibbiyot xodimlarining bemorlar bilan yaqin muloqotda bölganliklari, ximoya vositalaridan foydalanişda şaxsiy ehtiyotkorlik talablarini töliq bajarmaganliklari sababli virus yuqiş 300 ga yaqin holati kuzatildi. Bular nafaqat şifokorlar, ular orasida örta va kiçik tibbiyot xodimlari ham köpçilikni taşkil qiladi.
Bunda xizmat faoliyati davomida virusni yuqtirgan tibbiyot xodimlari Özbekiston Vazirlar Mahkamasi qarori bilan ötkir kasallik yuqtirgan hisoblanadi.
Agar tibbiyot xodimida COVID-19 infeksiyasi yuqtiriş natijasida davolangandan keyin organ va tizimlar funksiyasini buzilişiga olib keluvçi asoratlar aniqlansa va bu asorat kasalliklar xodimning mehnat faoliyatini olib borişiga monelik körsatsa, ya'ni iş qobiliyatini yöqotsa hamda virus iş faoliyati natijasida yuqqanini tasdiqlovçi hujjatlari bölsagina kasb bilan boğlanişi mumkin. Ammo bizga hujjatlari bilan murojaat qilgan tibbiyot xodimlarining kasallik tarixlari örganib çiqilganda, ularda davolanganlaridan söng virus aniqlanmagani va kasallik asorat qoldirmagani aniqlandi.