Oliy Majlisning Inson huquqlari böyiça vakili – ombudsmanga fuqaro B.I. suğurta şartnomasi böla turib, suğurta tovoni tölab berilmayotganidan norozi bölib murojaat qilgan. Toğ-kon metallurgiya sohasida 6 yil 10 oy davomida işlab kelgan murojaat muallifi soğliğining yomonlaşgani, yötal, kökrak qafasi, böyin va beldagi kuçli oğriqlar hamda kuçli zaiflik sababli Soğliqni saqlaş vazirligi Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan tibbiy tekşiruvdan ötkaziladi. Unga 2022 yil 6 yanvar kuni Silikoz — bronx-öpka apparatining kasbiy kasalligi taşxisi qöyiladi.

Mazkur murojaat ombudsman tomonidan örganilganda 2021 yilning 23 iyun kuni fuqaro faoliyat yuritgan korxona va suğurta kompaniyasi örtasida “Iş beruvçining fuqarolik javobgarligini majburiy suğurta qiliş” şartnomasi tuzilgani aniqlangan. Murojaatçi kasb kasalligini orttirib olgan bölsa ham suğurta kompaniyasi xodimlari unga suğurta tomonini tölab berişmaydi.

Ombudsman taqdimnomasiga asosan fuqaro B.I. kasb kasalligini orttirib olgani suğurta hodisasi deb tan olinadi hamda unga 191 mln sömdan ortiq suğurta tovoni tölanişi belgilanadi. Oliy Majlisning Inson huquqlari böyiça vakili axborot xizmatining ma’lum qilişiça, hozirga qadar murojaatçiga 118 mln sömga yaqin suğurta tovoni tölab berilgan. Suğurta tovonining qolgan 73 mln sömdan ortiq qismi oyma-oy tölanişi ma’lum qilingan.