Yangilangan dizayn platformaning yangi “Aqlli tanlov” falsafasini aks ettiradi — platforma foydalanuvçilarga taqdim etilgan köplab tovar va mahsulotlar orasidan eng yaxşisini tanlaşga yordam beriş istagida namoyon böladi.
Platforma funksionalida nimalar özgardi?
1. Hammasi osonlaşdi. E'lonlarni joylaştiriş va sörovlarni oliş har qaçongidan ham osonroq böldi. Qulay panel sizga xabarlar, e'lonlar va telefoningizdagi profilingiz orasida tezda harakat qilişga imkon beradi.
2. Yanada tezlaşdi. Endi qidiruv natijalarini qidiruv sahifasining özidayoq, darhol saralaşingiz mumkin.
3. Yangi, qulay funksiyalarga ega böldi. Sevimli e'lonlaringizni "Saralangan" bölimida saqlaş va telefon batareyasini saqlaşga yordam beradigan qora ranglardagi interfeysni tanlaş imkoni paydo böldi.

Yangilangan OLX xizmati ilovasini Android, iOS smartfonlariga örnatiş mumkin.
OLX Özbekiston direktori Doniyorbek Turğunov uşbu voqeani şarhlar ekan, bu haqida şunday dedi:
"Biz foydalanuvçilarning xohiş-istaklarini diqqat bilan tinglaymiz va OLX xizmatini yanada qulay, sodda va zamonaviyroq qilişga intilamiz. Rebrending nafaqat taşqi körinişni yangilaş, balki xizmatimizga qulay xususiyatlarni qöşişni ham öz içiga oldi. Uşbu özgarişlar foydalanuvçilarga kerakli mahsulotlar, xizmatlar yoki tezroq iş topişga yordam beradi, şuningdek e'lonlarni joylaştirişni ham ança soddalaştiradi".
5 yil davomida OLX Özbekiston platformasiga 100 million marta taşrif buyurildi. Foydalanuvçilar 12 millionta e'lon joylaştirdilar va 20 ming mahsulotni xayriya qildilar.

















