Prezident matbuot xizmatining qayd etişiça, şu yil 28 aprelda davlat rahbarining «Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori qabul qilingan edi. Qarorda belgilangan vazifalarni sifatli amalga oşiriş va koordinatsiya qiliş uçun Boş vazir maslahatçisi lavozimi joriy etildi.

Bugungi tadbirda sohadagi maqsadlarga zamonaviy dasturçilar tayyorlaşni jadallaştiriş orqali erişiş mumkinligi qayd etildi.

«Bir million dasturçi» loyihasining dastlabki bosqiçida 62 mingdan ziyod öquvçi qamrab olinib, ularning 5400 nafariga malaka sertifikati berildi.

Joriy yil yakuniga qadar 100 ming nafar va 2021 yilning birinçi yarmida yana 150 ming nafar öquvçini öqitiş, talabalarning dasturiy ta'minot böyiça malakasini oşiriş vazifasi belgilandi.

5-sinfdan öqitib kelinayotgan informatika fanini zamonaviy texnologiyalardan kelib çiqib takomillaştiriş, uşbu fanga «Bir million dasturçi» loyihasiga doir yönalişlarni kiritiş böyiça körsatmalar berildi.

Bugungi kunda raqamli iqtisodiyot, «elektron hukumat» xizmatlariga talab kundan kunga oşib bormoqda. Lekin hozirda 780 tur davlat xizmatidan bor-yöği 185tasidan «elektron portal» orqali foydalaniş mumkin.

Aksariyat taşkilotlarda iş jarayonini raqamlaştiriş faqat hujjat almaşinuvini elektronlaştiriş bilan çeklanib qolmoqda.

Şu bois «Elektron öqitiş dasturi» orqali öqib, diplom olgan dasturçilarni davlat va xöjalik muassasalariga IT mutaxassis sifatida işga oliş zarurligi ta'kidlandi. Ular taşkilotlarning barça faoliyatini an'anaviy elektron formatdan raqamli körinişga ötkazişga mas'ul böladi.