2020 yilning 3 iyun kuni soat 23:30da Sayxunobod tumani, Döstlik mahallasida fuqaro A.B. özining ehtiyotsizligi oqibatida olgan tan jarohati yuzasidan uning tanişi 27 yoşli E.N. tez tibbiy yordam bölimiga qönğiroq qilgan.
Özbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga köra, u tibbiy yordam kerakligini sörab Sayxunobod tumani Döstlik mahallasiga kelişliklarini ma'lum qilgan vaqtida, navbatçi feldşer 27 yoşli V.N. bilan özaro oğzaki ravişda tortişib qolişib, telefon orqali bir-birlarini haqorat qilgan.
Söngra tez tibbiy yordam bölimi xodimlari çaqiruvga asosan tez tibbiy yordam guruhi tarkibida bölgan navbatçi şifokor 28 yoşli J.O., navbatçi feldşer V.N. çaqiruv bölgan joyga yetib borgan vaqtda E.N. navbatçi feldşer V.N. bilan özaro tortişib qolganligi sababli uni qöllari hamda oyoqlari bilan tanasining turli joylariga urib tan jarohati yetkazgan. Şunda, navbatçi şifokor J.O. ularni ajratmoqçi bölgan vaqtida E.N. şifokorni xam qöllari xamda oyoqlari bilan tanasining turli joylariga urib unga tan jarohati yetkazgan.
Natijada navbatçi feldşer V.N. va şifokor J.O. tan jarohatlari bilan şifoxonaga murojaat qilganlar.
Mazkur holat yuzasidan Sayxunobod tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan E.N.ga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, E.N. gumon qilinuvçi tariqasida jalb qilinib, protsessual tartibda uşlangan.
Dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda, deyiladi ma'lumotda.

















