Keça, 7 iyun kuni şu taşrif yakunlari böyiça bir qator vazirlik va taşkilot rahbarlari Press-klubning navbatdagi sonida çiqiş qildi. Tadbir yakunida jurnalistlar tomonidan Qişloq xöjaligi vaziri örinbosari Bahodir Xoliqov intervyuga tortildi. Unda vazir örinbosari prezidentning viloyatga taşrifi hamda sohaga oid boşqa bir neçta savollarga javob qaytardi.
– Bir muddat avval Qozoğiston tomoni Özbekistonga un yetkazişga oid kvota belgilagan edi. Kvota bugungi kunda ham amaldami va bu bizga qanday ta'sir qiladi?
– Bu hali noaniq.
– Xöş, unda bizning un zaxiramiz haqida ma'lumotga egadirsiz...
– Bu sohaning öz mutaxassislari bor. Men sizga faqat ğalla yetiştiriş böyiça ma'lumot bera olaman. Ayni kunlarda ğalla yiğim-terimi jarayoni ketyapti. Bu yil aprobatsiya qilganmiz. Bu yil suğoriladigan maydonlarning har gektaridan 60-65 sentnerdan hosil yetiştiriş imkoniyatimiz bor. Hozir ğalla mustaqilligiga köp e'tibor berilmoqda. Bizning endigi vazifamiz ğallaning sifat körsatkiçlariga erişiş.
Biz ğalla navlarini olib keliş va ekiş böyiça Rossiya Federatsiyasi bilan hamkorlik qilamiz. Andijonda don va dukkakli ekinlar yetiştiriş böyiça ilmiy tadqiqot instituti bor. Bundan taşqari, Qaşqadaryoda uşbu institutning filiali bor. Bu institutlarda ğallaning oqsil va klekovina sifati böyiça ham iş olib borilyapti.
Hozirga vaqtda Özbekistonning suğoriladigan maydonlarida 50 foiz özimizning mahalliy buğdoy navlari ekiladi. Bundan 7-8 yil avval bizdagi ğalla navlari barmoq bilan sanarli darajada edi.
Hozir ğallaçilikda birgina muammomiz borki, bu – ğallaning ertapişar navlarini yaratiş. Köryapsiz, iqlim özgarib boryapti. Ğalla şunday ekin. U biologik jixatdan issiqda qolib ketmasligi kerak. Ğalla issiqda qolsa undagi sifat körsatkiçi tuşib ketadi. Olimlarimiz 240-250 kunda pişadigan ğallani 210 kunda pişiriş ustida işlayapti. Agar bir şu körsatkiçga erişsak uni iyun oyida emas, may oyida yiğib olişimiz mumkin böladi.

– Prezident Mirziyoyev viloyatga taşrifi davomida Farğonaning qişloq xöjaligidagi imkoniyatlari haqida gapirdi. Vazirlik bu borada qanday loyihalarga ega?
















