Yangi qoidalarga köra, politsiyaçilarga böğiş usullarini qöllaş taqiqlanadi, çunki bu usullar qölga olinayotgan şaxslarga bevosita xavf soladi. Bundan taşqari, gumonlanuvçining ölişi yoki ularga qöpol ravişda kuç qöllaş bilan boğliq voqealardan keyin politsiya departamenti voqeaga aloqador politsiyaçilarning ismlarini oşkor qilişi va ularning tana kameralaridagi videoyozuvlarni e'lon qilişi şart. Politsiya tomonidan qurol qöllanişi ham qat'iylaştirilgan.
Avvalroq Nyu-York meri Bill de Blazio Floyd ölimidan keyin AQŞda norozilik namoyişlari boşlangaç politsiya isloh qilinişiga va'da bergan. Uning aytişiça, politsiyaga ajratiladigan mablağlarning bir qismini yoşlar bilan işlaşga yönaltiriş rejalaştirilmoqda.


















