Markaziy harbiy okrug tasarrufidagi Jizzax, Navoiy va Samarqand garnizonlarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatçilar tomonidan ixtiyoriy ravişda koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolaş uçun 515 million 390 ming söm mablağ xayriya qilindi. Bu haqda harbiy jurnalist Ğayrat Madrahimov xabar berdi.
Okrug qöşinlari tarkibidagi bölinmalar, harbiy qismlarda, nazorat ötiş joylarida köngilli harbiylar tomonidan xayriya qutilari örnatilgan bölib, ötgan bir xafta vaqt içida xayriya qutisiga kelib tuşgan mablağlar “Mehr-şafqat va salomatlik” jamğarmasiga ötkazib berildi.
“Markaziy harbiy okrug harbiy xizmatçilari bu kabi xayrli va savobli işlarda faollik körsatişda davom etadi”, deyiladi xabarda.
Bugun Özbekiston boş vaziri örinbosari Jamşid Qöçqorov “Mehr-şafqat va salomatlik” jamğarmasiga ötkazilgan pullar miqdori 71 milliard sömdan oşganini ma'lum qildi.























