Hujjat Qonunçilik palatasi tomonidan 2020 yil 5 mayda qabul qilingan, Senat tomonidan 2020 yil 11 mayda ma'qullangan.
Qonun bilan «Faxriy murabbiy» ordeni ta'sis etildi va «Faxriy murabbiy» ordeni töğrisidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga köra, «Faxriy murabbiy» ordeni bilan yoşlarni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalaş, ularni yot ğoyalardan asraş, adaşganlarni töğri yölga qaytariş, yoş avlod vakillarida faol fuqarolik pozitsiyasi va mafkuraviy immunitetni, taşabbuskorlik, fidoyilik va axloqiy fazilatlarni şakllantirişga munosib hissa qöşgan, şuningdek özining çuqur bilimi va boy hayotiy tajribasi bilan yordamga muhtoj hamda oğir ahvolga tuşib qolgan yoşlar va oilalarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, iş bilan ta'minlaş hamda tadbirkorlikka örgatiş, buning uçun qulay şart-şaroitlar yaratiş borasida barçaga şaxsiy namuna körsatib kelayotgan Özbekiston Respublikasi fuqarolari mukofotlanadi.

«Faxriy murabbiy» ordeni bilan:
yoşlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş, ularni turli tahdidlar va yot ğoyalar ta'siridan himoya qiliş, adaşgan yoşlarni töğri yölga qaytariş böyiça manzilli işlarga ularni vasiylikka oliş orqali bevosita hissa qöşganligi;
profilaktik hisobda turgan, huquqbuzarlik sodir qilişga va salbiy illatga moyil bölgan yoşlarda soğlom dunyoqaraşni, Vatanga mehr hamda sadoqat tuyğularini şakllantirişda murabbiy sifatidagi alohida xizmatlari;
uyuşmagan yoşlarni hamda kam ta'minlangan, ehtiyojmand va kambağal oilalar farzandlarini kasb-hunarlarga örgatiş, tadbirkorlik, hunarmandçilik, dehqonçilik va çorvaçilikka keng jalb qilib, ularning bandligini ta'minlaş borasidagi fidoyiligi;
hududlarda ijtimoiy-ma'naviy muhitni soğlomlaştiriş, oilalarda mehr-oqibat va hamjihatlikni mustahkamlaş, notinç va ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalarni tiklaş, yolğiz ayollarga hayotda mustaqil bölişga kömak beriş hamda «Soğlom oila - soğlom jamiyat» degan ezgu ğoyani ijtimoiy hayotga keng tatbiq etişda körsatgan jonbozligi;
mahallasida yoşlar uçun beğaraz asosda maktab, boğça, madaniyat va sport inşootlarini barpo etganligi hamda yoşlarning böş vaqtini mazmunli ötkazişni taşkillaştirişga rahbarlik qilganligi;
tuman va şaharlarni yot ğoyalardan xoli hududga aylantirişga qaratilgan ijtimoiy va ma'naviy-ma'rifiy işlarda erişgan yuksak natijalari hamda ibratli faoliyati uçun mukofotlanadi.












