Sud sobiq boş vazirni korrupsiya moddasi böyiça aybdor deb topgan.
Sud hukmiga köra, Sapar Isaqov tarix muzeyi va Çölpon-otadagi ippodrom rekonstruksiyasi işlari böyiça aybdor deb topilgan. Isaqov uşbu işlarning har biri böyiça 12 yildan qamoq jazosi olgan. Sud ikki hukmni birlaştirib, sobiq boş vazirga umumiy hisobda 16 yillik ozodlikdan mahrum etiş hukmini çiqargan. Natijada, Isaqovga Bişkek issiqlik elektr markazi rekonstruksiyasi böyiça avval çiqarilgan hukm hisobga olingan holda, jazoni qat'iy tartibdagi koloniyada ötaş bilan 18 yillik ozodlikdan mahrum etiş hukmi çiqarilgan.
Şuningdek, sobiq boş vazir davlatga 247 mln 650 ming som (joriy kurs böyiça 3,3 mln dollardan köproq) tölab berişi kerak böladi.













