Reuters agentligiga asoslanib TASS tarqatgan xabarga ko‘ra, 28 yoshli Ioaxim may oyining oxirida Kordobaga o‘quv malakasini oshirish uchun kelgan. So‘ngra u karantin cheklovlarini buzgancha bir necha kechalarda ishtirok etgan.

Oradan kunlar o‘tib, tobi qochgan shahzoda koronavirusga test topshirgan va u musbat natija ko‘rsatgan.

Xabar qilinishicha, ana shunday kechalardan biridan 27 kishi yig‘ilgan, bu esa Kordobada joriy etilgan, ko‘pi bilan 15 kishilik cheklovlarni buzishdir.

Shahzoda Ioaxim – Belgiya malikasi Astridning o‘g‘li va qirol Filippning jiyanidir. Reuters ma'lumotiga ko‘ra, shahzoda taxtga vorislik bo‘yicha navbatda to‘qqizinchi o‘rinda turadi.