O‘zbekiston | 09:28 / 11.06.2020
17058
2 daqiqa o‘qiladi

Diniy ta'lim muassasalariga abituriyentlardan hujjat qabul qilish tartibi belgilandi

Diniy ta'lim muassasalariga abituriyentlardan hujjat qabul qilish tartibi belgilandi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ta'lim va ilmiy-tadqiqot bo‘limi xabar qilmoqda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus islom ta'lim muassasalariga 2020-2021 o‘quv yili uchun abituriyentlar hujjatlari masofaviy tarzda qabul.muslim.uz sayti orqali qabul qilinadi.

O‘rta maxsus islom ta'lim muassasalariga qabul:

2020 yilning 15 iyunidan 5 iyuligacha (shu kuni ham).

Talab qilinadigan hujjatlar:

pasport (elektron shaklda);

attestat yoki diplom (akademik litsey, o‘rta maxsus kasb-hunar kollejini tamomlaganlik to‘g‘risida) elektron shaklda;

til bilishi to‘g‘risidagi sertifikat (attestat yoki diplomida yozilgan chet tilidan boshqa xorijiy tilda topshirmoqchi bo‘lganlar uchun) elektron shaklda.

Oliy diniy ta'lim muassasalariga qabul:

Toshkent islom instituti va Mir Arab Oliy madrasasiga 2020 yilning 15 iyunidan 15 iyuligacha (shu kuni ham);

Hadis ilmi maktabiga 2020 yilning 15 iyunidan 5 iyuligacha (shu kuni ham).

Talab qilinadigan hujjatlar:

pasport (elektron shaklda);

o‘rta maxsus islom ta'lim muassasasini tamomlaganlik to‘g‘risidagi hujjat (diplom) elektron shaklda.

Mavzuga oid