Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiya bosh vaziri pandemiya ishi bo‘yicha prokuraturaga ko‘rsatma beradi
Italiyaning Bergamo shahri prokuraturasi hukumatning koronavirus tarqalishiga munosabatini tergov qilish doirasida bosh vazir Juzeppe Kontening hisobotini tinglaydi.
“Men juma kuni [11 iyun] savollarga javob berib, o‘zimga ma'lum bo‘lgan barcha faktlar haqida gapirib beraman. Bu mening burchim”, deb aytgan Konte jurnalistlarga.
Shuningdek, prokuratura sog‘liqni saqlash vaziri Roberto Speransa va ichki ishlar vaziri Luchana Lamorjyezedan guvohlar sifatida ko‘rsatma oladi.
Ma'lum qilinishicha, gap hukumat Italiya shimolida joylashgan Bergamodagi ikkita aholi punkti - Nembro va Alsano-Lombardoda koronavirusga chalinish holatlari qayd etila boshlangandan keyin ularni “qizil hudud” deb e'lon qilishdan bosh tortganining sababi tergov qilinishi haqida bormoqda.
Bergamo provinsiyasi Italiyada koronavirusdan eng ko‘p jabr ko‘rgan hududlardan biri bo‘lib, mart oyidan aprelgacha hududda o‘lim darajasi 2015-2019 yillarning shu davriga nisbatan 500 foizga ko‘payib ketgan.
Avvalroq Bergamo shahri prokuraturasiga koronavirusdan vafot etganlarning yaqinlaridan davlat ustidan ko‘plab shikoyatlar tushgani ma'lum qilingandi. Koronavirus qurbonlari yaqinlari hukumatni pandemiyaga qarshi kurashda yetarlicha harakatlar amalga oshirmaganlikda ayblashmoqda.
Mavzuga oid
20:51 / 19.06.2026
«Italiya va men hech qachon yolvormaymiz» - Meloni Trampga keskin e’tiroz bildirdi
10:10 / 18.06.2026
O‘zbekistonlik shifokorlar Italiyada 5 ming yevrogacha maosh olishi mumkin
11:00 / 10.06.2026
Parij isroillik vazirga qarshi sanksiyalar joriy qildi
22:05 / 29.05.2026