"Tashrifning asosiy voqeasi energetika, sanoat, transport, tibbiyot, raqamli infratuzilma va boshqa sohalardagi qator yirik loyihalarga start berilgani boʻldi.
Ularning aksariyati nufuzli xorijiy hamkorlar bilan birgalikda amalga oshirilmoqda. Qoraqalpogʻistonga yoʻnaltirilayotgan investitsiyalar hajmi ortib, yangi salmoqli loyihalar koʻpaymoqda. Bu - mamlakatimizga boʻlgan yuksak ishonch hamda tadbirkorlik uchun yaratilayotgan qulay shart-sharoitlarning amaliy tasdigʻidir.


Biz yoʻlimizda qatʼiy davom etamiz: sarmoyalar oqimini yanada kuchaytirish, xalqaro hamkorlar safini kengaytirish va koʻlami bundan-da ulkan yangi loyihalarni ishga tushirish bosh maqsadimiz boʻlib qoladi" deb yozdi Mirziyoyeva.























