Vazirlar Mahkamasining “2021-2024 yillarda madaniyat markazlarining binolari kompleksini qurish va jihozlash bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.
Prezidentning “Madaniyat va san'at sohasining jamiyat hayotidagi o‘rni va ta'sirini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020 yil 26 maydagi PF-6000-son farmonida madaniyat markazlari faoliyatini, jumladan, madaniyat markazlari uchun yangi bino qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta'mirlash va jihozlash ishlarini tashkil etish belgilangan.
2021-2024 yillarda madaniyat markazlari uchun yangi binolar qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta'mirlash va jihozlash bo‘yicha manzilli ro‘yxat tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi:
bir hafta muddatda Manzilli ro‘yxat parametrlarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan ishchi guruhni shakllantiradi va qat'iy nazoratni ta'minlaydi;
har yili 1 iyulga qadar kelgusi yil uchun yangidan qurilishi va rekonstruksiya qilinishi belgilangan madaniyat markazlarining loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqib, ularni belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan o‘tkazilishini ta'minlaydi.
Belgilab qo‘yilishicha:
Manzilli ro‘yxatga kiritilgan madaniyat markazlarini yangidan qurish ishlari qoida tariqasida Madaniyat vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan va belgilangan tartibda tasdiqlangan namunaviy loyihaga asosan amalga oshiriladi;
madaniyat markazlarini jihozlash ishlari ularda tashkil etilgan to‘garaklar, ijodiy jamoalar va tegishli mutaxassislar bilan ta'minlanganlik darajasidan kelib chiqib, manzilli ro‘yxatda belgilangan mablag‘lar doirasida ajratiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari asosida madaniyat markazlarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlash ishlarini kelgusi yillarda O‘zbekiston Respublikasining rivojlantirish davlat dasturlariga belgilangan tartibda kiritilishini ta'minlaydi.
Quyidagilar Dasturni amalga oshirishning moliyalashtirish manbalari etib belgilanadi:
a) madaniyat markazlari binolarini:














