Toshkent davlat yuridik universitetida 4ta yangi fakultet ochildi
Toshkent davlat yuridik universitetida xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik, xususiy huquq, ommaviy huquq, jinoiy odil sudlov huquqi fakultetlari ochildi. O‘tgan yillarda abituriyentlar umumiy tarzda yurisprudensiya yo‘nalishi uchun hujjat topshirgan bo‘lsa, endi 4 ta fakultetga alohida tarzda hujjat topshirish talab etiladi.
Bu haqida bugun, 11 iyun kuni Milliy matbuot markazida o‘tkazilgan matbuot anjumanida Toshkent davlat yuridik universiteti rektori Rahim Hakimov ma'lumot berdi.
Rahim Hakimovga ko‘ra, yuridik universitet tashkiliy tuzilmasi xorijiy tajribani o‘rgangan holda qayta ko‘rib chiqilgan va tasdiqlangan.
«Bu borada universitetda qator o‘zgarishlar bo‘ldi. «Talabalarga xizmat ko‘rsatish markazi», «Innovatsiya va huquqiy tashabbuslar markazi», «Huquqiy axborot markazi» kabi alohida bo‘limlar tashkil etildi», - deya ta'kidladi Rahim Hakimov.
Shuningdek, rektor qilingan o‘zgarishlarning eng asosiysi – universitetda 4 ta yangi fakultet ochilishi ekanini aytib o‘tdi.
«Avvallari Toshkent davlat yuridik universitetida fakultetlar bo‘lmagan, kurs-dekanatlar tuzilmasi mavjud edi. Ilg‘or tajribani o‘rgangan holda bakalavriat bosqichida 4 ta fakultet tashkil etildi.
Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik, xususiy huquq, ommaviy huquq, jinoiy odil sudlov huquqi fakultetlari ochildi», - dedi Rahim Hakimov anjumanda.
Rahim Hakimovning ta'kidlashicha, o‘tgan yillarda abituriyentlar umumiy tarzda yurisprudensiya yo‘nalishi uchun hujjat topshirgan bo‘lsa, endi 4 ta fakultetga alohida tarzda hujjat topshirish talab etiladi.
«Oldin birinchi kursda yurisprudensiya yo‘nalishida tahsil olgan talabalar ikkinchi bosqichdan 5 ta ixtisoslikka ajratilgan. Birinchi kursda ularning ko‘p vaqti ortiqcha fanlarni o‘rganishga sarflanardi. Endi ilg‘or tajriba o‘rganilgan holda birinchi kursdan talabalar o‘z xohishiga ko‘ra yo‘nalish tanlashadi va shu yo‘nalish asosida mutaxassislikni chuqur o‘rganishni boshlashadi», - deya Rahim Hakimovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid
19:23 / 23.12.2024
TDYuU joylashgan tarixiy bino eshiklarini beruxsat almashtirgan xodim jarimaga tortildi
15:20 / 19.09.2024
“Yuridik universitetga 4 ball yetmadi, shunda ham 317 mln so‘m to‘lashim kerak ekan” - Super kontraktda nima o‘zgardi?
14:00 / 25.07.2024
“Abituriyentlarga huquq fanidan tushgan savollar ishchi guruh tuzib o‘rganib chiqiladi” - TDYuU rektori
18:24 / 23.07.2024