Samarqandlik A. şu yilning 27 may kuni Sankt-Peterburgdan charter reys orqali Özbekistonga kelgan va Karantin markazida tibbiy kuzatuvga olingan, deb ma'lum qildi Soğliqni saqlaş vazirligi.

Unda 1 iyun kuni «Covid-19» infeksiyasi tasdiqlanib, Toşkentdagi Virusologiya ilmiy tekşiriş instituti klinikasiga yotqizilgan.

«Koronavirus infeksiyasiga çalingan uşbu bemor (erkak) uzoq yillar davomida ötkir leykoz, surunkali anemiya oğir darajasi va nafas yetişmovçiligi kabi kasalliklar bilan davolanib kelgan.

Şu yilning 1 iyun kuni bemorning ahvoli oğirlaşib, reanimatsiya bölimiga ötkazilgan. Şu kungaça unga boş mutaxassislar tomonidan konsultatsiyalar, mamlakatimizdagi tegişli ixtisoslaştirilgan tibbiyot markazlarining şifokorlari tomonidan telemeditsina orqali konsiliumlar ötkazilib, doimiy nazorati ta'minlangan.

Biroq standartlar böyiça körsatilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemor ötkir nafas va yurak qon-tomir yetişmovçiligidan vafot etgan», – deyiladi vazirlik xabarida.