«Jorj Floydning ölimi katta fojia böldi, biz uning oilasi va jamoasi uçun qayğudamiz. Bir politsiya xodimi qotillikda, yana uç nafari qotillik sodir etişga yordam bergani va şunga undagani uçun ayblandi, endi ularning işi sudda körib çiqiladi.

Bu açinarli hol, ammo haqiqat şuki, bunday fojiali qotillik bizning mamlakatimizda birinçi marta sodir bölayotgani yöq. Garçi AQŞ qonunlari irqiy kamsitişga qarşi himoya bilan ta'minlasa-da, qullik merosi tariximizning ayançli bir bölagidir. Jorj Floyd ölimi köplab jamoalarimizda huquqni muhofaza qiliş organlari va keng jamoatçilik örtasidagi munosabatlarda çuqur ildiz otgan muammolarga nihoyatda katta e'tiborni jalb qildi.

Ötgan ikki hafta içida biz körgan keng ommaviy namoyişlar bu voqea Qöşma Ştatlar va dunyodagi boşqa mamlakatlardagi odamlarga qançalik çuqur ta'sir qilganidan darak beradi. Tinç norozilik namoyişlari fuqarolarga adolatsizlikka qarşi çiqiş, rahbarlardan javobgarlikni talab qiliş hamda zarur siyosiy va strategik özgarişlar uçun vosita sanalgan söz va yiğiliş erkinligi naqadar muhim ekanini körsatadi.

Amerika tarixi, 1950 va 60-yillardagi fuqarolik harakatidagi holat kabi, norozilik namoyişlari va ijtimoiy harakatlar jamiyatda muhim siljişlarga sabab bölganiga oid misollar bilan töladir. Kelib çiqişi turliça bölgan amerikaliklar bu ham bizning mamlakatimizga uning asosçilari orzu qilganidek «yanada mukammal ittifoq» tuzişga erişiş imkonini beradigan hamda «erkinlik va adolat barça uçundir» degan oliy maqsadimizga yanada yaqinlaştiruvçi bir fursat ekaniga umid qiladi.

Sözimning yakunida, bir neça elçi hamkasblarim, jumladan, mendan avvalgi muhtaram elçimiz Pamela Spratlen ham imzolagan quyidagi bayonotni sizlar bilan bölişmoqçiman», – deya Rozenblyumning sözlarini keltirdi AQŞning Toşkentdagi elçixonasi.

Elçi öz munosabati söngida eslab ötgan qöşma bayonotga AQŞning 60 nafar sobiq qora tanli elçilari imzo çekkan bölib, ular Qöşma Ştatlarda davom etayotgan irqiy adolatsizlikni qoralab çiqişgan.