“Ma'lumki, Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 29 maydagi yig‘ilishi bayoni bilan futbol bo‘yicha xalqaro va ichki musobaqalarga yuqori darajada tayyorgarlik ko‘rish hamda ularda qatnashish maqsadida:
- professional futbol klublariga o‘z o‘quv mashg‘ulotlarini sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq holda boshlashga;
- 2020 yil 5 iyundan boshlab O‘zbekiston professional futbol ligasi chempionatlarini davom ettirishga ruxsat berildi.
Bunda futbol o‘yinlari tomoshabinlar ishtirokisiz o‘tkazilishi belgilandi.
Shunga muvofiq, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi va O‘zbekiston Professional futbol ligasi xamkorligida xalqaro tajribani o‘rgangan holda “COVID-19 pandemiyasi davrida cheklash tadbirlarini qo‘llanishi sharoitida professional futbol mashg‘ulotlari hamda musobaqalarini tashkil qilish to‘g‘risidagi vaqtinchalik sanitariya-gigiyena qoida va me'yorlari” ishlab chiqildi.
Ushbu vaqtinchalik sanitariya qoida va me'yorlarida Professional futbol jamoalari mashg‘ulotlarini tashkil etish, musobaqalar o‘tkazish va o‘quv-mashg‘ulot bazasidan foydalanishga doir talablar belgilab berilgan», deya Botir Qurbonovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mutasaddining qayd etishicha, futbol bo‘yicha superliga o‘yinlarini o‘tkazishda quyidagi asosiy talablarga rioya qilinishi lozim:
- bitta uchrashuvdagi ishtirokchilarning (jamoalar, tashkilotchilar va OAV xodimlari) umumiy soni 140 nafardan oshmasligi kerak;
- uchrashuv uchun tanlab olingan barcha to‘plar, GPS tizimlari (Polar tizimi), fishkalar, darvozalar ustunlari hamda to‘rlari, barcha ekipirovkalar dezinfeksiya qilinishi shart. Bunda ular Sog‘liqni saqlash vazirligining sanitariya bo‘yicha barcha talablariga javob berishi kerak.
- uchrashuvlar o‘tadigan stadionlarga kirish oldidan har bir jamoa a'zosi pirometriya (tana haroratini o‘lchash) tekshiruvidan o‘tishi shart














