Jahon futbolidagi eng nufuzli shaxsiy mukofot – «Oltin toʻp – 2026» sovriniga daʼvogar 30 nafar futbolchi nomi maʼlum boʻldi. Nomzodlar roʻyxati sovrin taʼsischisi France Football jurnali tomonidan oʻtkazilgan maxsus marosimda eʼlon qilindi.

«Oltin toʻp – 2026» nomzodlari: Jud Bellingem («Real Madrid»), Pau Kubarsi («Barselona»), Mark Kukurelya («Real Madrid»), Usmon Dembele («PSJ»), Luis Dias («Bavariya»), Brunu Fernandesh («Manchester Yunayted»), Erling Holand («Manchester Siti»), Gabriel Magalyayns («Arsenal»), Harri Keyn («Bavariya»), Ashraf Hakimiy («PSJ»), Lamin Yamal («Barselona»), Xvicha Kvaratsxeliya («PSJ»), Markinos («PSJ»), Sadio Mane («An-Nasr»), Lautaro Martines («Inter»), Kilian Mbappe («Real Madrid»), Nunu Mendesh («PSJ»), Lionel Messi («Inter Mayami»), Maykl Olise («Bavariya»), Joau Nevesh («PSJ»), Vilyam Pacho («PSJ»), Xulian Kinyones («Al-Qodisiya»), Deklan Rays («Arsenal»), Rodri («Barselona»), Fabian Ruis («PSJ»), Ferran Torres («PSJ»), Vilyam Saliba («Arsenal»), Dayo Upamekano («Bavariya»), Vinisius Junior («Real Madrid»), Vitinya («PSJ»).
«Oltin toʻp – 2026» sovrinini topshirish marosimi 26-oktabr kuniga rejalashtirilgan. Tadbir Londonda boʻlib oʻtadi. Bu marosim tarixda 70-bor, yaʼni yubiley marotaba tashkil etilmoqda. Eslatib oʻtamiz, gʻolib FIFA reytingining kuchli 100 taligiga kiruvchi mamlakatlardan 100 nafar jurnalistning ovoz berish natijalariga koʻra aniqlanadi.
Sovrinning amaldagi sohibi «Pari Sen-Jermen» klubi va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Usmon Dembele hisoblanadi.
















