Dildora Jabborovaning mahallasiga suyultirilgan gaz ballon yetib kelarkan, u har safar qaysidir taşkilotga murojaat qilişga (yalinişga, degimiz kelmadi), kimnidir insofga çaqirişga majbur...

Dildora opa dastlab tahririyatga şu yil aprel oyining örtalarida murojaat qilgan edi. Uning yozişiça, gaz ballon mahalladagi bir kişining xonadoniga töplangan. Öşa xonadon egasi: «Ballonni maşinadan tuşirib, ortib berayotganimiz uçun», deya aholidan 8 ming sömgaça ortiqça pul olayotganini aytgandi.

D.Jabborovaning murojaati qançalik asosli-asossiz ekanini biliş maqsadida tuman hokimligining aholiga suyultirilgan gaz ballon yetkazib beriş bölimi yetakçi muhandisi bilan telefon orqali boğlandik.

Dildora opa esa bir kun ötib aloqaga çiqdi: «Qöyaveringizlar, gaz ballonni uyimizga yetkazib berişdi. Meni «yozuvçiga» çiqarişmasin. Bundan keyin uyimgaça olib kelib berişarkan...»

«Muammo birgina sizning uyingizga gaz balloni yetkazib beriş-bermaslikda emas. Bu jarayonning öz me'yorlari bor, barça iste'molçiga qulaylik bölişi kerak. Qöşnilaringizga ham gaz ballon yetkazib berişyaptimi?» deb savol berdik. Yöq, bu ayol murojaat qilgani uçun faqat uning uyigaça gaz ballon yetkazib berilayotgan ekan.

Qolganlar esa 8 ming söm qimmatiga, kami yana ortiqça yöl kira sarflab, ballonni uyida töplaydigan akaxonnikiga borib kelişayotganini bildirdi.

Buni qarangki, bir oy ötmay turib, Dildora opa yana murojaat qildi. Öşa eski gap — gaz ballon yetkazib berilmayotgani, muşkul ahvolga tuşib qolganidan nolidi.

Karantin biroz yumşaganidan foydalanib, Qöşrabotga bordik.

D.Jabborova Qöralos mahallasining Namuna guzarida istiqomat qiladi. Murojaatçi aytganiça bor ekan: u kişi yaşaydigan hududga birov maşinasini haydab bormaydi. Öydim-çuqur yöllar, past-baland qirlar. Borgan taqdirda ham tört kilometr uçun öşa gaz ballon pulining kamida yana yarmini tölaşga majbur qiladi.