Boş vazirning iste'foga çiqarilişi kutilmagan holat bölgan, uning sabablari ma'lum qilinmagan. Bu haqda Asadning Twitter’dagi sahifasida ma'lum qilingan.
Hamisning örnini jamoat işlari va uy-joy qurilişi vaziri Husayn Arnus öz vazifalariga qöşimça ravişda vaqtinçalik egallab turadi.
Şu bilan birga Suriya hukumati tarqatilmaydi, u joriy tarkibda keyingi parlament saylovlarigaça işlaydi. Uşbu saylovlar koronavirus pandemiyasi sababli bir neça marta köçirilgandi. Oxir natijada uni 19 iyulda ötkazişga qaror qilingan.
2016 yil aprelda Suriyada ötgan parlament saylovlari natijasida Başar Asadning “Baas” partiyasi ittifoqçilar bilan birga Xalq kengaşidagi 250 örindan 200 tasini egallagan. Şu yili sobiq energetika vaziri Imad Hamis boş vazir etib tayinlangandi.












