AQŞ prezidenti Donald Tramp Amerika harbiy xizmatçilarning Afğonistondagi ehtimolli jinoyatlarini suriştira boşlagan Xalqaro jinoiy sud (XJS) xodimlariga nisbatan sanksiya joriy etiş töğrisidagi farmonni imzoladi.
Farmon AQŞ Moliya vazirligiga XJS xodimlarining moliyaviy aktivlarini bloklaş, Davlat departamentiga esa — ularni mamlakatga kiritmaslik imkonini beradi.
Oq uy saytidagi bayonotda XJS AQŞ va uning ittifoqçilari, jumladan Isroilga nisbatan «siyosiy suriştiruvlar ötkazayotgani» qayd etilgan va Vaşington XJSning oliy rahbariyatida darajasida korrupsiya mavjud bölişi, şu sababli uning suriştiruvlari noxolis bölişi mumkinligi qayd etilgan.
AQŞ Xalqaro jinoiy sud tuzilişiga asos bölgan Rim statutini ratifikatsiya qilmagan va XJSning AQŞ fuqarolari ustidan yurisdiksiyasini tan olmaydi.
Afğonistondagi amerikaliklar, toliblar va mahalliy harbiylarning xatti-harakatlari ustidan dastlabki xalqaro suriştiruv 2006 yildayoq boşlangan edi. 2017 yilda ayblov tomoni mojaro jarayonida harbiy jinoyatlar sodir etilganini ta'kidlaş uçun asoslar borligi haqida bayonot bergan. 2020 yilning martida XJS Apellyatsion palatasi tölaqonli suriştiruv ötkazişga ruxsat bergan.












