Prezidentning “Qo‘ng‘irot” va “Do‘stlik” erkin savdo zonalarini tashkil etish to‘g‘risida”gi farmoni loyihasi e'lon qilindi.

Quyidagi erkin savdo zonalar (ESZ) tashkil etiladi:

“Qo‘ng‘irot” erkin savdo zonasi – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumanida Turkmaniston bilan chegaradosh hududida;

“Do‘stlik” erkin savdo zonasi – Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanida Qirg‘iziston Respublikasi bilan chegaradosh hududida.

ESZning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilanadi:

tovarlar savdosi uchun qulay shart-sharoitlarni shakllantirish, shu jumladan konsignatsiya omborlarini, tovarlarga ishlov berish, ularni o‘rab-joylash, saralash, saqlash uchun maydonchalarni tashkil etish.

xalqaro va mintaqaviy ulgurji hamda chakana zamonaviy savdo formatlarini rivojlantirish;

chegara hududlarida logistika xizmatlarining to‘liq spektrini rivojlantirish;

ko‘rgazmalar faoliyatini rivojlantirish orqali mamlakatlar biznesining hududlararo kooperatsiyasini yaxshilash;

chegara hududlarida aholi farovonligini oshirish va ish o‘rinlarini yaratish;

terminal va transport faoliyatlarini, tibbiy va moliyaviy xizmatlarni, ko‘ngilochar, mehmonxona va restoran biznesini, tijorat xizmatlar infratuzilmasini tashkil etish.

Belgilanishicha, ESZ:

savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlik majmuasi hisoblanib, qo‘shni davlatlar rivojlanishining ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlarini hisobga olish tamoyillariga, davlatlararo munosabatlarning xususiyatiga va tarixiy shakllangan aloqalariga, shuningdek, chegara hududlarini rivojlantirish uchun tabiiy resurs va infratuzilma sharoitlariga asoslanadi;

hududlarida amalga oshiriladigan loyihalarni moliyalashtirish loyiha tashabbuskorlari, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar, Xalqaro moliya institutlari hamda tijorat banklari kreditlari va boshqa O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida ta'qiqlanmagan manbalar hisobidan amalga oshiriladi;

faoliyat yuritishi muddati, keyinchalik uni uzaytirish imkoniyati bilan 30 yil muddatga tashkil etiladi;