Baholash standarti mamlakatimiz iqtisodiy rivojlanishining o‘ziga xos jihatlarini aks ettiradigan aktivlar qiymatini baholash normalari, qoidalari, metodikalarini ifodalaydi. Hujjat Xalqaro baholash standartlari prinsiplariga asosan eng yaxshi xorijiy amaliyotlarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan, deb yozadi Norma.
YaMBS – bu baholashga oid vazifalarni bajarish uchun mo‘ljallangan standart bo‘lib, ular respublika qonun hujjatlari doirasida baholash amaliyotida ishonchlilik, ochiq-oshkoralik va kelishuvni ta'minlaydi.
Har bir milliy baholash standarti bir yoki bir nechta vazifalarni hal etadi va quyidagilarni belgilaydi:
baholash faoliyatida foydalaniladigan prinsiplar va atamalar;
baholashga oid vazifalarni bajarish va baholash bo‘yicha hisobotlar tuzish bo‘yicha umumiy talablar;
hisobga olinishi lozim bo‘lgan aniq mulohazalar hamda aktivlar yoki majburiyatlar turlarini baholash uchun keng foydalaniladigan usullar.
Hujjat baholash YaMBSga muvofiq o‘tkazilishi uchun rioya etilishi lozim bo‘lgan majburiy talablarni o‘z ichiga oladi. Standart bo‘limlarida baholash o‘tkazishda hisobga olinadigan asos bo‘luvchi prinsiplar va konsepsiyalar aks ettiriladi.
YaMBS tuzilmasi ikkita asosiy qismga – umumiy baholash standartlari va aktivlarni baholash standartlariga bo‘linadi.
Umumiy baholash standartlari oltita hujjatni o‘z ichiga oladi:
1-son MBS «Baholash faoliyatida foydalaniladigan prinsiplar, atamalar va tariflar»;
2-son MBS «Baholashga oid vazifa»;
3-son MBS «Baholash jarayonida o‘tkaziladigan o‘rganishlar va tahlillar»;
4-son MBS «Baholash haqidagi hisobotni tuzish»;
5-son MBS «Baholash bazalari»;
6-son MBS «Baholash yondashuvlari va usullari».
Aktivlar qiymatini baholash standartlari beshta hujjatni o‘z ichiga oladi:















