
Matematika instituti direktori, akademik Şavkat Ayupov Kun.uz muxbiri bilan suhbatda prezident taşrifi yakunlari, yangi bino qurilişi tarixi, matematika instituti oldiga qöyilgan vazifalar va fan doirasida qilinişi kerak bölgan işlar haqida ma'lumot berdi.
Matematiklar faoliyati universitetlar bilan bevosita boğlangan
– Oldin Matematika instituti Akademiklar şaharçasidagi Şarqşunoslik institutining eski binosida joylaşgan edi. Matematika instituti faoliyati universitetlar bilan bevosita boğliq: öqituvçilar talabalarga dars berişadi, ilmiy işlariga rahbarlik qilişadi. Şuning uçun ötgan yili avgust oyida biz institut Talabalar şaharçasida bölişi taklifini davlat rahbariga bildirgan edik. Prezident bu taklifni ma'qullaş bilan birga yangi bino quriş va barça şaroitlarni yaratiş topşiriğini berdilar.

Qisqa muddat içida işlar boşlanib, dekabr oyida bu yerdagi yangi bino qurib bitkazildi. Bino loyihasi va quriliş işlari bilan tanişgan prezident uni özi oçib berişini ta'kidlagan edi. Davlat rahbari taşrifini kutayotgan edik, mana yangi binomiz oçib berildi.
Yangi binoda 7ta ilmiy laboratoriya va «Yoş matematiklar» markazi faoliyat yuritadi. Binoning turli qavatlarida axborot-resurs markazi va seminar xonalari, akademik va tadqiqotçilar uçun kabinetlar, kutubxona, majlislar zali, oşxona joylaşgan. Xonalar eng ilğor texnika va uskunalar bilan jihozlangan.
«Hududlardagi ta'limga ham e'tibor qaratiş şart»
– 7 may kuni matematika fani rivojiga oid «Matematika sohasidagi ta'lim sifatini oşiriş va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qaror qabul qilindi.
Unga köra, 5ta hududda: Nukus, Urganç, Samarqand, Buxoro va Namangan şaharlarida Matematika instituti filiallari oçilişi lozim. Buning bilan hududlarda ham matematika fani va ta'limini yaxşilaş uçun faoliyat yurituvçi bölinmalar mavjud böladi.
7 maydagi qaror bilan Al-Xorazmiy nomidagi, mukofot jamğarmasi 50 ming AQŞ dollari bölgan xalqaro Prezident mukofoti ham ta'sis etildi. Uning taşkiliy jarayonlari Matematika institutiga topşirilgan.


























