«Bugun köpçilikni qiziqtirayotgan davlat qarzi masalasida fikr almaşamiz. Oxirgi ikki yildan buyon davlat qarzi, ayniqsa, taşqi qarz statistikasi va tahlili doimiy ravişda Moliya vazirligi tomonidan, öz navbatida, nodavlat sektor taşqi qarzi esa Markaziy bank tomonidan muntazam e'lon qilinib kelyapti.
Bu tabiiy ravişda ijtimoiy tarmoqlarda, umuman, özaro suhbatlarda köplab fikr almaşuvlarga, munozaralarga ham sabab bölmoqda. Bir söz bilan aytganda, bundan bor-yöği 3-4 yil avval taşqi qarz qançaligi maxfiy ma'lumot hisoblanardi. Mana, Abdulla aka Abduqodirov moliya vazirining birinçi örinbosari bölib işlaganlar, sözlarimni tasdiqlaydilar.
Taşqi qarzni qöya turaylik, oddiygina budjet xarajatlari ham yopiq edi. Budjet siyosati haqidagi köplab dissertatsiyalar ham heç qanday budjet raqamlari, statistikalarsiz himoya qilinganiga guvohman. Bundan bor-yöği 3-4 yil avvalgi gaplarni gapiryapman. 50 yo 60 yil avvalgi gapni gapirmayapman.
Hayotimiz şunçalik şiddat bilan özgarib ketdiki, bu raqamlar avval maxfiy bölganini, ularni aytiş mumkin bölmaganini, bitta taşkilot ikkinçi taşkilotga şu raqamni berişi uçun boş vazirning tegişli örinbosaridan ruxsat olinardi. Ruxsatni olgunça ham odam qon bölib ketardi. Olimlar haqida gapirmayapman, bir davlat taşkiloti ikkinçi davlat taşkiloti bilan ma'lumot almaşişi şu darajada qiyin bölgan.
Lekin bugun hammamiz şunday imkoniyatga ega böldikki, bugungi kunda iqtisodiyot sohasida, ijtimoiy rivojlaniş sohasida, menimça, birorta ham yopiq ma'lumot qolmadi.
Bugungi munozaramizda iştirok etayotgan mahalliy yoki xalqaro ekspertlarning yozganlarini doim öqib boraman. Bu kabi fikrlaşuv bir-birimizni boyitadi. Kim özining uyasida bekinib olsa, bu yaxşilikka olib kelmasligini özimiz ham kördik», deya Jamşid Qöçqorovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Eslatib ötamiz, «Munozara klubi» hukumat iqtisodiy bloki tomonidan taşkil etilgan bölib, u masalalar yuzasidan fikr almaşiş, jamoatçilikni kelgusi rejalardan xabardor qilişning yangi platformasi sifatida taklif etilgan.
Klubning birinçi muhokamasida iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vaziri Jamşid Qöçqorov, moliya vaziri Timur Işmetov, markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov, deputatlar, ekspertlar, xalqaro moliyaviy taşkilotlar va reyting agentliklarining vakillari, jurnalistlar qatnaşyapti.













